Surxondaryoda YHXB mashinasi ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
Haydovchi Lacetti’ni ogohlantirish ishoralarisiz o‘ng tomonga burgan va o‘z yo‘lidan kelayotgan Volkswagen Caddy bilan to‘qnashib, uni yo‘l chetiga chiqarib yuborgan.

Foto: Videodan kadr
Termizda YHXBga tegishli xizmat mashinasi ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan. Bu haqda Kun.uz’ga viloyat IIB YHXB axborot xizmati xabar berdi.
Hodisa 2023 yil 9 dekabr kuni soat 07:30 larda sodir bo‘lgan. Viloyat IIB YHXB axborot xizmati rahbari Elnur Abrayev o‘ziga biriktirilgan Volkswagen Caddy mashinasini Termiz shahri Barkamol avlod ko‘chasida boshqarib ketayotgan vaqtida Lacetti haydovchisi ogohlantirish ishoralarisiz o‘ng tomondagi yo‘lakka o‘tmoqchi bo‘lgan va u bilan to‘qnashgan.
Oqibatda YHXB xodimi boshqaruvida bo‘lgan Volkswagen Caddy yo‘l chetiga chiqib ketgan va shikastlangan. Hodisada hech kim tan jarohati olmagan.
Hozirda holat yuzasidan Surxondaryo viloyati Harbiy prokuraturasi mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid

18:12 / 15.06.2025
«Bolalar o‘limi eng og‘riqli joyimiz» - YHXX boshlig‘i bolalar qatnashgan YTHlar va statistika haqida

17:10 / 15.06.2025
Bekobodda mikroavtobus poyezd bilan to‘qnashdi

18:44 / 14.06.2025
Sirdaryoda ikki bolani urib yuborgan haydovchi 8,5 yilga qamaldi

12:04 / 14.06.2025