Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Namangan viloyatida sud raisi 2 ming dollar pora olayotganda ushlandi
U bu pullarni sudlanuvchiga yengilroq jazo tayinlash evaziga so‘ragan. Unga qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llangan.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Mingbuloq tuman sudining raisi sudlanuvchining otasidan pora olayotganda ushlangan. Bu haqda Oliy sud matbuot kotibi xabar berdi.
2024 yil 30 yanvar kuni o‘tkazilgan tezkor tadbirda sud raisi Sh. S. o‘zining ish yurituvidagi jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi «a» bandi va boshqa moddalari bilan ayblangan sudlanuvchiga yengilroq jazo tayinlash evaziga, sudlanuvchining otasi V. S.dan 2 000 dollar olgan vaqtida ushlangan.
Oliy sud Plenumining bugun 20224 yil 31 yanvar kuni o‘tkazilgan majlisida Bosh prokurorning jinoyat ishlari bo‘yicha Mingbuloq tuman sudining raisi Sh. S.ni Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora olish) bilan jinoiy javobgarlikka tortish va unga nisbatan «qamoqqa olish» tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash haqidagi taqdimnomasi ko‘rib chiqilib, rozilik berilgan.
Avvalroq, jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar Yashnobod tuman sudi sudyasi 4 ming dollarni pora tariqasida olayotganda qo‘lga olingandi.
Mavzuga oid

09:45 / 02.08.2025
Putin sud qarorisiz rossiyaliklarning hisobraqamini bloklashga ruxsat berdi

08:32 / 02.08.2025
Bojxona sohasida tadbirkorlar murojaatini sudgacha ko‘rib chiqish tartibi joriy etildi

18:40 / 29.07.2025
Bloger Farhod Mannopovning o‘limiga olib kelgan operatsiyani amalga oshirgan shifokor sudda oqlandi

14:39 / 24.07.2025