Andijonda ko‘p qavatli uyda yong‘in chiqdi. Bir kishi halok bo‘lgan
Andijon shahridagi ko‘p qavatli uylardan birida yong‘in chiqdi. Oqibatda bir kishi halok bo‘ldi, yana bir kishi jarohatlandi. Yong‘inga gaz-havo aralashmasining chaqnashi sabab bo‘lgan.

Foto: Videodan kadr
2 fevral kuni Andijon shahri Iqbol mahallasidagi 39-ko‘p qavatli uyning 61-xonadonida yong‘in sodir bo‘ldi, deb xabar bermoqda Andijon viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi matbuot xizmati.
Shu kuni soat 18:13 da xonadonda gaz-havo aralashmasining chaqnashi sababli yong‘in yuzaga kelgani to‘g‘risida boshqarmaga xabar kelib tushgan.
Voqea joyiga 3 ta yong‘in-qutqaruv ekipajlari soat 18:18 yetib borgan, yong‘in soat 18:21 da to‘liq qurshab olingan, soat 18:27 da batamom o‘chirilgan.
Yong‘in oqibatida bir nafar fuqaro vafot etgan, yana bir kishi jarohat olgan.
Vaziyat FVV rahbariyati tomonidan to‘liq nazoratga olindi, deyiladi xabarda.
Mavzuga oid

17:05 / 14.06.2025
Dubaydagi 77 qavatli binoda yong‘in: qariyb 4 ming kishi evakuatsiya qilindi

13:46 / 10.06.2025
Amirsoy hududidagi restoran yonib ketdi

10:53 / 10.06.2025
Toshkentda buzilayotgan eski binoda yong‘in sodir bo‘ldi

08:16 / 07.06.2025