Toshkentdagi masjidlarda o‘g‘irlik qilib yurgan shaxs 6 yilga qamaldi
Toshkent shahar jinoyat ishlari bo‘yicha Chilonzor tuman sudi tomonidan masjidlarda o‘g‘irlik qilib yurgan fuqaroga nisbatan sud ishi ko‘rib chiqildi.

Foto: Kun.uz
O‘zA xabariga ko‘ra, fuqaro I.O Toshkentdagi «Abu-saxiy» savdo markazida joylashgan jome masjidi tahoratxonasidagi kiyim qo‘yish joyida turgan kurtkalardan birining cho‘ntagidagi 60 ming so‘m va «Samsung A24» rusumli telefon apparatini o‘g‘irlab, voqea joyini tark etgan.
Boshqa kuni esa Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf jome masjidi tahoratxonasiga kirib, «Samsung A23» telefon apparatini qo‘lga kiritgan.
Sud hukmiga ko‘ra, I.O.ga 6 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.
Mavzuga oid

17:06
“Sudlashib, Toshkentdagi mingdan ziyod daraxtlarni asrab qolganmiz” - ekofaol Alisher Nasimov

20:34 / 24.04.2025
Toshkentda avtomobilni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun onlayn ariza berish mumkin bo‘ldi

08:50 / 24.04.2025
Toshkentning beshta tumanida issiq suv ta’minoti tiklanadi

17:42 / 22.04.2025