Samarqandda Cobalt 15 yoshli o‘quvchi qizni urib yubordi
Haydovchi katta tezlikda harakatlangan. YTH oqibatida qiz shifoxonaga yotqizilgan.

Foto: Videodan kadr
29 aprel kuni soat 17:00 atrofida Samarqand shahrida Cobalt voyaga yetmagan qizni urib yubordi, deya xabar bermoqda Samarqand viloyati Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi matbuot xizmati.
Qayd etilishicha, shaharning O‘zbekiston ko‘chasida Cobalt haydovchisi yo‘lning belgilanmagan qismidan o‘tayotgan 8-sinf o‘quvchisini urib yuborgan. Oqibatda qiz tan jarohatlari olib, shifoxonaga davolanish uchun yotqizilgan.
Voqea joyida olingan videoda boshqa bir guruh o‘quvchilar ham o‘tish uchun yo‘l bo‘shashini kutib turganini ko‘rish mumkin, yo‘l yoqasida «Bolalar» belgisi o‘rnatilgan, ammo piyodalar o‘tish joyi va svetofor mavjud emas. Qiz qatnovni kuzatgan holda yo‘lning o‘rtasigacha keladi, ammo katta tezlikda kelgan Cobalt uni urib yuboradi.
Holat yuzasidan dastlabki surishtiruv harakatlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.
Bundan oldinroq Yangi Namangan tumanida 17 yoshli o‘quvchi boshqaruvida bo‘lgan Lacetti yo‘l chetidagi talabalarni urib yuborgani, YTH oqibatida ulardan biri shifoxonada vafot etgani xabar qilingandi.
Tavsiya etamiz
Qatiq, murabbo va yadro quroli. Putin yangi filmda nimalar dedi?
Jahon | 21:59 / 06.05.2025
Avtomobil importiga ekosertifikat – utilizatsiyaga qo‘shimcha “bonus”mi?
O‘zbekiston | 20:34 / 06.05.2025
Isroil Suriyani bombaladi. Turkiya nega sukutda?
Jahon | 12:44 / 06.05.2025
May oyida vodiyda me’yorga yaqin harorat kutiladi, mamlakatning katta qismida oy xuddi iyun kabi o‘tadi
O‘zbekiston | 11:17 / 06.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Hindistonning Jammu aeroportida portlashlar yuz berdi - AFP
Jahon | 00:23
-
Toshkentdan Lohurga uchadigan reyslar bekor qilinadi
O‘zbekiston | 23:40 / 08.05.2025
-
Toshkentning ayrim ko‘chalarida 9 may kuni transport vositalari harakati cheklanadi
Jamiyat | 23:21 / 08.05.2025
-
"Ekkan hosiligacha bozor bahosida hisob-kitob qildik" - Shuhrat Abdurahmonov
O‘zbekiston | 22:49 / 08.05.2025
Mavzuga oid

13:24 / 28.11.2024
“Samarqandni odamlar shahriga aylantirishimiz kerak, hozir mashina-shaharga aylangan” - Turdimov

21:39 / 27.11.2024
Samarqandda tramvayning 3-yo‘nalishi ochilishi mumkin

11:25 / 29.09.2024
Samarqandda beshta mashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

11:14 / 24.09.2024