Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqandda “Nexia-2” urib yuborgan bola halok bo‘ldi
2017 yilda tug‘ilgan bola ko‘chaning belgilanmagan joyidan yugurib o‘tayotganida “Nexia-2” uni urib yuborgan. Bola shifoxonada vafot etgan.

Videodan kadr
Samarqand tumanida “Nexia-2” urib yuborgan bola shifoxonada vafot etdi. Viloyat IIB YHXB axborot xizmatining xabar berishicha, hodisa 2024 yil 3 iyul kuni soat 18:00 larda sodir bo‘lgan.
Haydovchi “Nexia-2” mashinasini Samarqand tumani, “Jo‘yi soy” MFY hududidan o‘tgan Usta Umar Jo‘raqulov ko‘chasida boshqarib ketayotganida yo‘lning belgilanmagan qismidan yugurib o‘tayotgan bolani urib yuborgan.
Bola zudlik bilan Samarqand shahar markaziy shifoxonasiga olib kelingan. Ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan u shifoxonada hayotdan ko‘z yumgan.
Holat yuzasidan Samarqand tumani IIB tergov bo‘limi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Avvalroq, Navoiy viloyati Xatirchi tumanida aholi punktida mashinani soatiga 142 km tezlikda boshqargan haydovchi piyodalar yo‘lakchasidan o‘tayotgan 9 yoshli qizni urib yuborgan. Oqibatda qiz voqea joyida halok bo‘lgandi.
Mavzuga oid

09:39 / 29.07.2025
Samarqandda bo‘lib o‘tadigan xalqaro festivalda 7 tonna palov tayyorlanadi

14:09 / 28.07.2025
Samarqandda noqonuniy qurilgan 12 qavatli mashhur binoni buzish boshlandi

16:13 / 23.07.2025
Angrenda 14 yoshli qizga jinsiy zo‘ravonlik bo‘lgani aytilmoqda

15:48 / 14.07.2025