Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqandda “Nexia-3” ishtirokidagi YTHda yo‘lovchi halok bo‘ldi
“Nexia-3” haydovchisi mashinani boshqarib ketayotganda uxlab qolgan. Oqibatda mashina yo‘l chetiga chiqib ketib, bir necha marta ag‘darilgan.

Foto: Videodan kadr
Samarqand viloyati Nurobod tumanida “Nexia-3” haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l-transport hodisasiga uchragan. Viloyat IIB YHXB axborot xizmatining xabar berishicha, hodisa 20 iyul kuni sodir bo‘lgan.
Shu kuni soat 6:00 larda Nurobod tumani Jarquduq mahallasi hududidan o‘tgan 4R-54 avtomobil yo‘lida Ingichka-Kattaqo‘rg‘on yo‘nalishida ketayotgan “Nexia-3” haydovchisi uxlab qolgan.
Oqibatda haydovchi boshqaruvni yo‘qotgan va mashina yo‘lning o‘ng tomon chetiga chiqib ketib, bir necha marta ag‘darilgan. Oqibatda haydovchi va uning yonida bo‘lgan shaxs og‘ir tan jarohatlari olib, shifoxonaga yotqizilgan.
Tibbiyot xodimlari tomonidan ko‘rsatilgan muolajalarga qaramasdan yo‘lovchi shifoxonada vafot etgan.
Qayd etilishicha, hodisa yuzasidan Nurobod tumani IIB tergov bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid

09:49
Samarqandda 34 yoshli xonanda ayol eri tomonidan o‘ldirib ketildi

09:39 / 29.07.2025
Samarqandda bo‘lib o‘tadigan xalqaro festivalda 7 tonna palov tayyorlanadi

14:09 / 28.07.2025
Samarqandda noqonuniy qurilgan 12 qavatli mashhur binoni buzish boshlandi

15:48 / 14.07.2025