Besh kishini Angliyaga ishga yuborishini aytib, pul olgan fuqaro ushlandi
Samarqand viloyati Nurobod tumanida Angliya davlatiga ishga yuborishni va’da qilgan shaxs qo‘lga olindi.

Foto: Getty Images
Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Nurobod tuman bo‘limi tomonidan fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan.
Unda, fuqaro E.X. go‘yoki Angliya davlatidagi firmada ishlovchi tanishlari yordamida 5 nafar fuqaroni ushbu davlatga ishga yuborishini va’da qilib, ularning jami 10 400 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid

18:55 / 27.04.2025
“24 yoshgacha hayotimni kattalar boshqargan” – Bristol universiteti magistranti Orzugul G‘oyibova hikoyasi

14:52 / 21.04.2025
Okean ustidan g‘alaba

10:49 / 14.04.2025
O‘zbekistonliklar Turkiyadagi yolg‘on ish takliflari haqida ogohlantirildi

11:36 / 12.04.2025