Toshkent tumanidagi sexda yong‘in sodir bo‘ldi
“Obodlik” MFY Oybek ko‘chasida joylashgan MChJga qarashli binoda yong‘in sodir bo‘lgan.

Toshkent viloyati FVBga 22 noyabr kuni soat 11:43 da Toshkent tumani, “Obodlik” MFY, Oybek ko‘chasida joylashgan MChJga qarashli binoda yong‘in sodir bo‘layotgani haqida xabar kelib tushdi.
Yong‘in joyiga 7 ta yong‘in o‘chirish ekipaji jalb qilingan. Ekipajlar yong‘in joyiga soat 11:50 da yetib borib, yong‘in soat 13:30 da to‘liq o‘chirilgan.
Hozirda sodir bo‘lgan yong‘inning kelib chiqishi sababini aniqlash bo‘yicha surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va vafot etganlar yo‘q.
Mavzuga oid

17:05 / 14.06.2025
Dubaydagi 77 qavatli binoda yong‘in: qariyb 4 ming kishi evakuatsiya qilindi

13:46 / 10.06.2025
Amirsoy hududidagi restoran yonib ketdi

10:53 / 10.06.2025
Toshkentda buzilayotgan eski binoda yong‘in sodir bo‘ldi

08:16 / 07.06.2025