Alisher Usmonov FIE rahbarligiga qaytdi
Rossiyalik tadbirkor Xalqaro qilichbozlik federatsiyasi rahbari etib saylandi. U avval ham bu tashkilotni boshqargan.

Foto: Oli Scarff / Getty Images
Rossiyalik tadbirkor Alisher Usmonov Xalqaro qilichbozlik federatsiyasi (FIE) prezidenti saylovida g‘alaba qozondi va barchani «qilichbozlikning yorqin kelajagi va uning jadal rivojlanishiga» ishontirishini ma’lum qildi.
30 noyabr kuni FIE rahbari saylovida shvetsiyalik Otto Drakenberg 26 ovoz, Alisher Usmonov esa 120 ovoz to‘pladi.
«Xalqaro qilichbozlik oilasiga ishonch va qo‘llab-quvvatlaganliklari uchun minnatdorlik bildiraman, bu meni FIE prezidentligiga nomzod bo‘lish to‘g‘ri qaror ekaniga ishontirdi! <...> Men barchani qilichbozlikning yorqin kelajagi va uning jadal rivojlanishiga ishontirmoqchiman. Yaqin o‘tmishda sevimli sportimizni qoralash va tuhmat qilishga va uni mutlaqo sportga xos bo‘lmagan kurash turlari uchun arenaga aylantirishga urinishlariga qaramay, uni qo‘llab-quvvatlash uchun qo‘limdan kelgan barcha ishni qilaman», deyiladi Usmonov bayonotida.
71 yoshli Alisher Usmonov 2008 yildan 2022 yilgacha FIE rahbari bo‘lgan. Ukrainadagi urush boshlangach, o‘ziga nisbatan joriy qilingan sanksiyalar ortidan ushbu lavozimni tark etgan edi.
Mavzuga oid

20:37
Ukraina TIV Putin tomonidan e’lon qilingan otashkesim bo‘yicha izoh berdi

18:19
KXDR urushdagi ishtirokini ilk bor tasdiqladi

17:09
Qirg‘izistonda Rossiya armiyasiga yollash bilan shug‘ullangan «Russkiy dom» xodimi hibsxonadan qo‘yib yuborildi

16:41