Germaniya aeroportlarida yo‘lovchilarni tekshirish tizimida nosozlik yuzaga keldi
Federal politsiya kompyuter tizimida yuzaga kelgan nosozlik Dyusseldorf, Dortmund, Frankfurt aeroportlari faoliyatini cheklab qo‘ydi. Ayrim yo‘lovchilar o‘zlari uchib kelgan samolyot ichida qolishga majbur bo‘lmoqda.

Foto: Getty Images
Germaniya aeroportlari faoliyati Federal politsiya kompyuter tizimida kuzatilgan nosozlikdan jabr ko‘rmoqda. Bu haqda Bild gazetasi o‘z manbalariga tayanib xabar berdi.
Gap mamlakatga kiruvchi yo‘lovchilarni tekshirishda foydalaniladigan tizimlar haqida ketmoqda. Politsiyaning Frankfurt aeroportidagi vakilining aytishicha, «tizim amalga oshirgan ko‘plab ishlarni qo‘lda qilishga to‘g‘ri kelgan». Nosozilik sababi hozircha ma’lum emas.
WDR ma’lumotlariga ko‘ra, muammo Dyusseldorf, Kyoln/Bonn va Dortmund, shuningdek, Frankfurt aeroportlarida kuzatilmoqda. Shu bilan birga, faqat Frankfurt aerportida muqobil tizimdan foydalanish mumkin, Dyusseldorfda esa uchib kelgan yo‘lovchilar hozircha samolyotda qolmoqda.
Ta’kidlanishicha, politsiya va texnik mutaxassislar muammoni bartaraf etish ustida ish olib bormoqda. Nosozlik sababi yaqin vaqtlar ichida aniqlanishi aytilgan, ammo tizim faoliyati qachon qayta tiklanishi noma’lum.
Mavzuga oid

13:00 / 12.05.2025
Mers Putinni 12 maydan boshlab o‘t ochishni to‘xtatishga chaqirdi

08:11 / 12.05.2025
Germaniya: Rossiya muzokaralardan oldin sulhga rozi bo‘lishi kerak

18:41 / 11.05.2025
Germaniya kansleri Ukrainaga yetkaziladigan qurol-yarog‘larga oid ma’lumotlarni maxfiylashtirdi

15:17 / 10.05.2025