Bektemirdagi uylarning birida yong‘in sodir bo‘ldi
Toshkent shahar Bektemir tumani, Bektemir shohko‘chasida joylashgan shaxsiy xonadonlarning birida yong‘in sodir bo‘ldi.

Foto: FVB
Toshkent shahar FVB xabariga ko‘ra, bu haqda 5 yanvar kuni soat 19:30 da ma’lumot kelib tushgan.
Yong‘in qutqaruv ekipajlari voqea joyiga soat 19:45 da yetib borib, soat 19:58 da yong‘in qurshab olinib, soat 20:29 da o‘chirildi.
Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.
Hozirgi vaqtda yong‘in sababi va zarar miqdori aniqlanmoqda.
Mavzuga oid

17:05 / 14.06.2025
Dubaydagi 77 qavatli binoda yong‘in: qariyb 4 ming kishi evakuatsiya qilindi

13:46 / 10.06.2025
Amirsoy hududidagi restoran yonib ketdi

10:53 / 10.06.2025
Toshkentda buzilayotgan eski binoda yong‘in sodir bo‘ldi

08:16 / 07.06.2025