Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
LexAI huquqiy chat-boti yaratildi
Adliya vazirligi bilan hamkorlikda LexAI huquqiy chat-boti yaratildi. Ushbu loyiha davlat budjeti ishtirokisiz, to‘liq bepul amalga oshirilgan.
Bugungi kunda chat-botning birinchi funksiyasi huquqiy masalalarga tezkor javob berish imkoniyatini taqdim etmoqda.
Yaqin orada ishga tushiriladigan funksiyalar:
- Hujjat loyihalarini ekspertizadan o‘tkazish – qonunchilik hujjatlari loyihalarini onlayn baholash imkoniyati;
- Huquqiy amaliyotni tahlil qilish – foydalanuvchilarning bergan huquqiy keyslarini tahlil qilish orqali javob taqdim etish;
- Hujjat loyihalarini tayyorlash – mustaqil hujjat tayyorlash konstruktori.
Nega bu loyiha muhim?
Hozirgi kunda Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasida:
- 48 mingdan ortiq hujjatlar mavjud,
- amaldagi hujjatlar soni – 34 mingdan ortiq,
- yaxlit hujjatlar – 28 mingdan,
- o‘zgartirish va qo‘shimchalar nazarda tutuvchi hujjatlar – 5 700 dan ziyod.
Chat-botning bilimlar bazasi 604 million belgidan ortiq bo‘lib, ushbu platformani yaratishda huquq va IT sohasidagi tajribali mutaxassislar 5 oydan ortiq vaqt davomida ishlashgan. Shu bilan birga, barcha texnologiyalar Open source manbalaridan foydalanmasdan, butunlay mustaqil ishlab chiqilgan.
Chat-bot hozirda sinov rejimida va huquqshunos-mutaxassislar tomonidan tekshirilmoqda. Tez orada barchaga ochiladi.
Ushbu loyiha O‘zbekiston fuqarolariga huquqiy bilimlarni yanada oson va tezkor yetkazib berish uchun mo‘ljallangan.
Mavzuga oid

18:30 / 27.07.2025
Sun’iy intellekt sohasida AQSh yetakchi, Xitoy ikkinchi o‘rinda

23:45 / 24.07.2025
Sun’iy intellekt olimlarga Qadimgi Rim tarixidagi bo‘shliqlarni to‘ldirishga yordam beradi

15:35 / 17.07.2025
Toshkentda UzFace fuqarolarni aniqlash tizimi sinov tariqasida joriy etilishi mumkin

23:22 / 15.07.2025