30 sotix yerni 705 mln so‘mga sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi
Jizzaxda fuqaro M.I.ning murojaatiga asosan tezkor tadbir o‘tkazildi.
Bosh prokuratura ma’lum qilishicha, Sharof Rashidov tumani, Kuyovboshi mahallasida joylashgan davlat dasturi asosida meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlash bo‘yicha 6 ta ish o‘rni yaratish va 450 mln so‘m investitsiya kiritish sharti bilan “O.Q.M” MChJga ajratilgan.
Fuqaro Z.T. 0,50 gektar bo‘sh yer maydonining 0,30 gektar qismini 705 mln so‘mga sotishga kelishib, oldindan 500 mln so‘mini olayotgan vaqtida ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25,168-moddasi 4-qismi “a” bandi (firibgarlik juda ko‘p miqdorda) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borishga kirishilgan.
Mavzuga oid

17:03 / 22.05.2025
«Abdunazarovni majburiy keltirish choralari ko‘rilmoqda» – IIB yuk mashinalariga doir firibgarlik haqida

20:44 / 21.05.2025
Tanzila Norboyeva Jizzaxda korrupsiya holatlari bo‘yicha tanqidiy yig‘ilish o‘tkazdi

17:58 / 21.05.2025
Traktordan “Kamaz”gacha: Jizzaxda odamlar kutilmagan usulda chuv tushirib ketilmoqda

09:27 / 15.05.2025