Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda to‘rtta mashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
Mustaqillik-Oqqo‘rg‘on ko‘chalari kesishgan chorrahada 3 ta Cobalt va Onix to‘qnashdi. Onix haydovchisiga tez tibbiy yordam xodimlari tomonidan birinchi yordam ko‘rsatilgan.
Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumani, Mustaqillik—Oqqo‘rg‘on ko‘chalari kesishgan chorrahada 31 yanvar kuni soat 23:20 larda YTH sodir bo‘ldi.
Toshkent shahar IIBB YHXB xabar berishicha, 1994 yilda tug‘ilgan A.T. boshqaruvidagi Cobalt, 2001 yilda tug‘ilgan Z.Sh. boshqaruvidagi Cobalt, 2001 yilda tug‘ilgan Sh.S. boshqaruvidagi Onix va 1979 yilda tug‘ilgan K.B. boshqaruvidagi Cobalt avtomashinalari o‘zaro to‘qnashgan.
Hodisa oqibatida Onix haydovchisiga tez tibbiy yordam xodimlari tomonidan birinchi yordam ko‘rsatilgan.
Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid

16:13 / 28.07.2025
Toshkent aeroporti qarshisidagi ko‘prik rekonstruksiyasining qiymati ma’lum bo‘ldi

13:15 / 28.07.2025
Toshkentda hujjatlari to‘liq bo‘lmagan 59 ta uy-joy qurilishi to‘xtatildi

10:02 / 26.07.2025
Nurafshon ko‘chasida beton ustunga borib urilgan "Spark" haydovchisi vafot etdi

23:59 / 25.07.2025