Andrey Sibiga: Hech kim Ukrainani taslim bo‘lishga majburlay olmaydi
Vazirning ta’kidlashicha, Ukraina xalqi va prezident Volodimir Zelenskiy Putin bosimiga bo‘ysunishdan bosh tortdi.

Foto: Alina Smutko / Reuters
Ukraina tashqi ishlar vaziri Andrey Sibiganing aytishicha, hech kim Ukrainani taslim bo‘lishga majburlay olmaydi.
Bu haqda Ukraina tashqi ishlar vazirligi rahbari X ijtimoiy tarmog‘ida yozdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina zamonaviy Yevropa tarixidagi eng dahshatli harbiy hujumni va uch yillik umumiy urushni boshdan kechirdi.
Vazirning ta’kidlashicha, Ukraina xalqi va prezident Volodimir Zelenskiy Putin (Rossiya prezidenti Vladimir Putin) bosimiga bo‘ysunishdan bosh tortdi.
«Hech kim Ukrainani taslim bo‘lishga majburlay olmaydi. Biz mavjud bo‘lish huquqimizni himoya qilamiz», dedi Andrey Sibiga.
Mavzuga oid

11:48
Vens: Ukrainadagi mojaroning davom etishi Kiyevga g‘alaba keltirmaydi

20:47 / 28.04.2025
Tramp Rossiya va Ukraina o‘rtasida doimiy sulh bo‘lishini istaydi – Oq uy

20:37 / 28.04.2025
Ukraina TIV Putin tomonidan e’lon qilingan otashkesim bo‘yicha izoh berdi

16:59 / 28.04.2025