Olti hududda qor ko‘chish xavfi e’lon qilindi
O‘zbekistonda 6–11 mart kunlari kutilayotgan yog‘ingarchilik hamda havo haroratining o‘zgarishlari sababli respublikaning bir qancha hududida qor ko‘chish xavfi e’lon qilindi.
O‘zgidromet xizmati agentligi 6–11 mart kunlari O‘zbekistonning 6 ta viloyatida qor ko‘chishi xavfini e’lon qildi.
Xususan, kutilayotgan yog‘ingarchilik hamda havo haroratining o‘zgarishlari sababli respublikaning tog‘li va quyidagi hududlarida qor ko‘chish xavfi e’lon qilinadi:
- Qashqadaryo viloyati: Dehqonobod, Kitob, Qamashi, Shahrisabz tumanlarida;
- Surxondaryo viloyati: Boysun, Qumqo‘rg‘on,Sariosiyo, Uzun tumanlarida;
- Samarqand viloyati: Nurobod, Qo‘shrabot, Samarqand, Urgut tumanlarida;
- Jizzax viloyati: Baxmal, Zomin tumanlarida;
- Toshkent viloyati: Bo‘stonliq, Ohangaron va Parkent tumanlari (Chotqol tizmasining tog‘lari);
- Namangan viloyati Pop tumanida qor ko‘chish xavfi e’lon qilinadi.
Tog‘li hududlarda yashovchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda tog‘li hududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishlari so‘raldi.
Mavzuga oid

15:46 / 13.06.2025
O‘zbekistonda keyingi hafta jazirama issiq bo‘ladi

12:10 / 13.06.2025
Hafta oxirida harorat ko‘tariladi

19:19 / 09.06.2025
Bu yilgi may oyi O‘zbekiston meteorologik kuzatuvlar tarixidagi eng ilig‘i bo‘ldi - «O‘zgidromet»

12:05 / 09.06.2025