Kit Kellogg Kreml talabiga binoan Ukraina bo‘yicha muzokaralardan chetlatildi
Rossiya tomoni fikriga ko‘ra, u «o‘ta ukrainaparast» siyosatchi.

Foto: AFP/Getty Images
AQSh prezidenti Donald Trampning Ukraina va Rossiya bo‘yicha maxsus vakili Kit Kellogg muzokaralardan chetlatildi. Bunga Kreml talabi sabab bo‘ldi, deb yozdi NBC News.
Iste’fodagi general-leytenant Kellogg yaqinda Saudiya Arabistonida Rossiya va Ukraina rasmiylari ishtirokida bo‘lib o‘tgan ikki sammitda qatnashmadi, garchi muzokaralar uning vakolatiga kirsa ham.
Kremlga yaqin bo‘lgan yuqori martabali rossiyalik amaldorga ko‘ra, Rossiya prezidenti Putin Kelloggni «o‘ta ukrainaparast» deb hisoblaydi. «Kellogg Ukrainaga juda yaqin bo‘lgan sobiq amerikalik general. U «bizning odam emas, biz izlayotgan obro‘ga ega emas», dedi rasmiy.
Tramp ma’muriyati rasmiysi Rossiya Kelloggning muzokaralarda ishtirok etishini istamaganini tasdiqladi.
80 yoshli Kellogg avvalroq Ukrainani qurollantirish va mudofaasini kuchaytirish orqali urushni tugatishni taklif qilgan edi. Shu orqali «Rossiyaning o‘t ochishni to‘xtatish yoki tinchlik kelishuvidan keyin yana oldinga siljimasligi yoki yana hujum qilmasligi» kafolatlanishini ta’kidladi.
18 fevral kuni Ar-Riyozda AQSh-Rossiya muzokaralarida Kelloggning o‘rniga Davlat kotibi Marko Rubio, milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchi Maykl Uols, Markaziy razvedka boshqarmasi direktori Jon Retkliff va Yaqin Sharq bo‘yicha maxsus elchi Stiv Uitkoff ishtirok etdi.
Tavsiya etamiz
Chigirtkalar bosqini: Bu ham iqlim bilan bog‘liq muammomi?
O‘zbekiston | 15:49 / 14.05.2025
«Eng kambag‘al prezident» Xose Muxika vafot etdi
Jahon | 08:03 / 14.05.2025
Toshkentda yo‘l o‘rtasidagi birinchi tezyurar yo‘lak qurilishi boshlanadi
O‘zbekiston | 19:08 / 13.05.2025
1 iyundan O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida 30 kunlik vizasiz rejim kuchga kiradi
O‘zbekiston | 17:29 / 13.05.2025
So‘nggi yangiliklar
Mavzuga oid

20:49
Tramp AQSh va Eron yadro kelishuviga yaqin ekanini aytdi

18:18
«Putin bilan uchrashmagunimizcha hech narsa bo‘lmaydi» - Tramp urushni tugatish haqida

16:27
AQSh Suriyaga qarshi sanksiyalarni bekor qilmoqda. Bu nima uchun muhim?

16:01