Kaspi.kz Uzcard va Humo kartalariga pul o‘tkazmalarini yo‘lga qo‘ydi
Avval Qozog‘istondan O‘zbekistonga faqat Visa yoki Mastercard kartalariga pul o‘tkazish mumkin edi. Endilikda Kaspi.kz superilovasi orqali O‘zbekistonning milliy to‘lov tizimlari Uzcard va Humo kartalariga ham o‘tkazmalar amalga oshirish mumkin.

Foto: Sputnik / Vladislav Vodnev
Qozog‘istonning Kaspi fintex kompaniyasi O‘zbekistonning Uzcard va Humo to‘lov tizimlari kartalariga pul o‘tkazmalarini ishga tushirdi. Bu haqda Qozog‘iston nashrlari ma’lum qildi.
Avval Qozog‘istondan O‘zbekistonga faqat Visa yoki Mastercard kartalariga pul o‘tkazish mumkin bo‘lgan bo‘lsa, endilikda Kaspi.kz superilovasi orqali O‘zbekistonning milliy to‘lov tizimlari Uzcard va Humo kartalariga ham o‘tkazmalar amalga oshirish mumkin. Bunda faqat kartaning raqamini kiritish kifoya, oluvchining ismi avtomatik tarzda aks etadi.
Kaspi.kz asoschisi va rahbari Mixail Lomtadze bu orqali O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi do‘stlik va hamkorlikni rivojlantirishga kompaniya o‘z hissasini qo‘shayotganidan mamnunligini bildirdi.
“O‘zbekiston va Qozog‘iston aholisi o‘rtasida azaldan do‘stona, qarindoshlik, ishbilarmonlik va madaniy aloqalar mavjud. Odamlar bir-birinikiga mehmonga, ish yuzasidan safarga boradi, shuning uchun to‘lov va pul o‘tkazmalarini amalga oshirish zarurati tez-tez yuzaga keladi”, – deydi u.
Kaspi haqida
Kaspi.kz – Qozog‘istonda to‘lov tizimi, marketpleys va fintexni o‘zida birlashtirgan ekotizim bo‘lib, uning markazida mamlakatdagi eng mashhur mobil superilova – Kaspi.kz turadi. Bu ilovadan deyarli 15 million qozog‘istonlik foydalanadi.
Kompaniya O‘zbekiston bozoriga ham qiziqish bildirgan, 2024 yilning yozida Humo to‘lov tizimini xususiylashtirish jarayonida qarnashmoqchi bo‘lgandi. Noyabrda kompaniya bu rejasidan voz kechganini ma’lum qildi.
Kaspi.kz 2024 yilda AQShning NASDAQ fond birjasida IPO o‘tkazdi. Ayni paytda kompaniyaning kapitallashuvi qariyb 24 milliard dollarni tashkil etadi.
Tavsiya etamiz
Hindiston va Pokiston: kimning armiyasi kuchliroq?
Jahon | 19:21 / 09.05.2025
Mafkuralar kurashi: 9 may aslida qanday kun?
O‘zbekiston | 14:22 / 09.05.2025
Qatiq, murabbo va yadro quroli. Putin yangi filmda nimalar dedi?
Jahon | 21:59 / 06.05.2025
Avtomobil importiga ekosertifikat – utilizatsiyaga qo‘shimcha “bonus”mi?
O‘zbekiston | 20:34 / 06.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Britaniya razvedkasiga ilk bor ayol kishi rahbarlik qiladi
Jahon | 01:39
-
Shimoliy dengiz sohillaridan ulkan kitning jasadi topildi
Fan-texnika | 00:38
-
«Payshanba kuni Turkiyada kutaman». Zelenskiy Putinni shaxsan uchrashishga taklif qildi
Jahon | 22:43 / 11.05.2025
-
Rossiyada ma’muriy javobgarlikka tortilgan relokantlar mulkini musodara qilish boshlanadi
Jahon | 22:17 / 11.05.2025
Mavzuga oid

17:23 / 09.05.2025
Putin To‘qayevning otasini Sovet Ittifoqi qahramoni unvoni bilan taqdirladi

18:43 / 07.05.2025
Qozog‘istonda G‘alabaning 80 yilligiga bag‘ishlangan harbiy parad o‘tkazildi

01:52 / 03.05.2025
Qozog‘iston rossiyalik to‘rt deputat va Davlat dumasi vitse-spikerining mamlakatga kirishini taqiqladi

16:46 / 02.05.2025