O‘zbekiston prezidentining maxsus vakili Rossiya elchisi bilan uchrashdi
O‘zbekiston va Rossiya Afg‘onistonni ijtimoiy-iqtisodiy tiklashga qaratilgan sa’y-harakatlarni davom ettiradi.

Foto: dunyo.info
O‘zbekiston prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Ergashev Rossiya elchisi Oleg Malginov bilan uchrashdi.
TIV ma’lumotiga ko‘ra, suhbat davomida Afg‘oniston yo‘nalishidagi O‘zbekiston-Rossiya hamkorligining bugungi holati, mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlash masalalari har tomonlama muhokama qilindi.
Shuningdek, tomonlar Afg‘onistonni ijtimoiy va iqtisodiy tiklashga qaratilgan sa’y-harakatlarni davom ettirishga tayyor ekanliklarini bildirdi.
Mavzuga oid

18:20
Qirg‘iziston Rossiyadan S-300 zenit-raketa komplekslarini oldi

17:09
Qirg‘izistonda Rossiya armiyasiga yollash bilan shug‘ullangan «Russkiy dom» xodimi hibsxonadan qo‘yib yuborildi

16:41
Putin 9 may kuni Ukrainada o‘t ochish to‘xtatilishini e’lon qildi

11:26