Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh smartfonlar va kompyuterlarni o‘zaro bojlardan ozod qildi
Bu qaror iste’molchilarni «narxlarning dahshatli o‘sishidan» himoya qilishi va Apple, Samsung va Taiwan Semiconductor Manufacturing kabi kompaniyalarga yordam berishi mumkin.

Foto: Michael M. Santiago/Getty Images
12 aprel kuni AQSh bojxona va chegara qo‘riqlash xizmati hukumat tomonidan joriy qilingan boj tariflari ta’sir etmaydigan tovarlar ro‘yxatini e’lon qildi. Bu haqda Bloomberg xabar berdi.
Jumladan, smartfonlar, noutbuklar, qattiq disklar, kompyuter protsessorlari, xotira chiplari va yarimo‘tkazgichlarni ishlab chiqarish uchun ishlatiladigan mashinalar uchun istisnolar qilingan.
Ro‘yxatga kiritilgan tovarlarga Xitoy uchun 145 foizlik tarif va dunyoning deyarli barcha mamlakatlari uchun asosiy 10 foizlik boj qo‘llanilmaydi.
Oq uy izoh haqidagi Bloomberg so‘roviga javob bermadi.
Ta’kidlanishicha, Qo‘shma Shtatlarda ishlab chiqarilmaydigan, ammo ommaviy bo‘lgan elektronika tovarlari uchun istisno qilingan. Hukumat qarori iste’molchilarni «narxlarning dahshatli o‘sishidan» himoya qilishi va Apple, Samsung va Taiwan Semiconductor Manufacturing kabi kompaniyalarga yordam berishi mumkin.
Avvalroq, Donald Tramp AQSh chet el chiplariga tariflar joriy qilmoqchi ekanligini aytdi, biroq bu hali amalga oshmadi. Trampning tarmoq tariflari hozir 25 foiz qilib belgilangan, biroq yarimo‘tkazgichlar va tegishli mahsulotlar uchun stavka qanday bo‘lishi noma’lum.
Mavzuga oid

08:10
AQSh: Xitoyning Rossiya neftini sotib olishi 100 foizlik bojga sabab bo‘lishi mumkin

07:36
Ukrainalik qochqinlarga urush tugaguniga qadar AQShda qolishga ruxsat beriladi

23:50 / 31.07.2025
Kreml AQSh bilan yashirin muzokara olib bordi va Ukraina bo‘yicha yon berishdan bosh tortdi

23:05 / 31.07.2025