Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Navoiyuran” davlat korxonasi ESG reytingini qo‘lga kiritdi
“Navoiyuran” davlat korxonasi xalqaro “Sustainable Fitch” reyting agentligi tomonidan ESG reytingi “3” darajasida, 55 ball ko‘rsatkich bilan baholanganini mamnuniyat bilan ma’lum qiladi. Ushbu baho korxonaning mas’uliyatli boshqaruv, barqaror rivojlanish va ochiqlikka sodiqligini tasdiqlaydi.

Foto: Navoiyuran
“Sustainable Fitch” reyting agentligi o‘z hisobotida “Navoiyuran” DKning barqarorlik strategiyasini bosqichma-bosqich joriy etayotgani, milliy va xalqaro me’yorlarga qat’iy amal qilayotganini ijobiy baholadi.
Korxonaning ekologik siyosati, asosiy ko‘rsatkichlarning oshkora e’lon qilinishi hamda oxirgi yillarda ekologik hodisalarning qayd etilmagani va Radioaktiv chiqindilarni boshqarish O‘zbekiston Respublikasining “Radiatsion xavfsizlik to‘g‘risida”gi qonuniga to‘liq mos ravishda amalga oshirilishi, Sog‘liqni saqlash vazirligi nazorati ostida olib borilayotgani alohida ta’kidlandi.
Ijtimoiy yo‘nalishda esa “Navoiyuran” DKning ichki siyosatlari, ochiqlik darajasi va so‘nggi yillarda ijtimoiy hodisalar qayd etilmaganligi yuqori bahoga sazovor bo‘ldi. Bu esa korxona xodimlari uchun xavfsiz va teng huquqli mehnat sharoitlarini yaratishga bo‘lgan e’tiborini ko‘rsatadi.
Korporativ boshqaruvda kompaniya milliy va xalqaro amaliyotlarga amal qilishi, Kuzatuv kengashi raisining va Bosh direktor vakolatlari ajratilgani korxona boshqaruvida muvozanat va mas’uliyatni ta’minlashda ijobiy omil sifatida qaraldi.
Mazkur ESG reyting, Yangi O‘zbekiston barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishida “Navoiyuran” davlat korxonasi ham salmoqli hissa qo‘shayotgan ishonchli va barqaror kompaniyalar safidan o‘rin egallayotganini belgilab beradi.
“Navoiyuran” davlat korxonasi PR xizmati
Reklama huquqi asosida
Tavsiya etamiz
Urush taqdiri Alyaskada hal bo‘ladi – hafta dayjesti
Jahon | 17:31 / 10.08.2025
Koreya: Gapirilmaydigan haqiqatlar (2-qism) | SUBYEKTIV
Jamiyat | 18:07 / 09.08.2025
Lazizbek Mullajonov birinchisi emas. Doping sabab diskvalifikatsiya qilingan mashhur o‘zbek sportchilari
Sport | 20:54 / 08.08.2025
«Oltin to‘p»ga da’vogarlar ro‘yxati e’lon qilindi
Sport | 16:40 / 08.08.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Ko‘rgan zararimizni kim qoplaydi? – Uch qahramondagi talafotdan reportaj
Jamiyat | 15:01
-
Avstraliya ham Falastinni tan olmoqchi
Jahon | 14:24
-
O‘zbekiston qurg‘oqchilikni bartaraf qilish uchun Qozog‘istonga suv yuboradi
Iqtisodiyot | 13:59
-
Turkiyada zilzila, Tel-Avivda miting va kelishuvdan norozi Eron - kun dayjesti
Jahon | 13:26
Mavzuga oid

11:00 / 09.08.2025
Diqqat e’lon! “Navoiyuran” davlat korxonasi ishga taklif etadi

17:32 / 28.07.2025
“Navoiyuran” va NKMK xodimlari uran radioaktiv moddasini sotishga uringani ma’lum bo‘ldi

11:00 / 12.07.2025
«Navoiyuran» davlat korxonasining xalqaro reytingi yangilandi

17:00 / 27.06.2025