AQShda bir oy ichida minglab talabalarning vizalari bekor qilindi
Bu holatdan eng ko‘p zarar ko‘rganlar Hindiston va Xitoy fuqarolari bo‘ldi. Ko‘plab talabalar vizalarining bekor qilinishi sabab Tramp ma’muriyatini sudga bergan.

Foto: Anadolu Agency
AQSh prezidenti Donald Tramp ma’muriyati tomonidan taxminan bir oy ichida mingdan ortiq chet ellik talabaning huquqiy maqomi va vizalari bekor qilindi.
AQShda Falastinni qo‘llab-quvvatlovchi namoyishlarda qatnashgan ko‘plab xorijiy fuqarolar, jumladan, talabalarning vizalari va yashash huquqlari bekor qilinayotgani OAVda keng yoritilmoqda. Associated Press tomonidan 160 ta universitet manbasi asosida tuzilgan hisobotga ko‘ra, AQSh bo‘ylab talabalar va bitiruvchilarning vizalarini bekor qilish davom etyapti.
Bu holatdan eng ko‘p zarar ko‘rganlar Hindiston va Xitoy fuqarolari bo‘ldi. Shuningdek, Isroilning G‘azo sektoriga qilgan hujumlariga qarshi chiqqan ko‘plab xorijiy talabalar ham vizalaridan mahrum bo‘lmoqda.
Mart oyida mingdan ortiq talabalarning huquqiy maqomi va vizalari bekor qilingan. Talabalarga elektron pochta orqali vizalari bekor qilingani haqida xabar berilgan. AQShda yuzlab talabalar vizalarining bekor qilinishi xavfi bilan duch kelmoqda. Vizalari bekor qilingan talabalar deportatsiya xavfi ostida qolyapti.
Ko‘plab talabalar vizalarining bekor qilinishi sababli Tramp ma’muriyatini sudga bergan.
Federal sudya Dartmut universitetining doktoranti Shiaotian Lyuning huquqiy maqomini tiklash uchun vizalarning bekor qilinishini vaqtincha taqiqlovchi qaror chiqargan. Montana shtati universitetining ikki talabasi ham vizalari bekor qilingach, vaqtincha taqiq qarori asosida huquqiy maqomini tiklagan, bu esa ularning AQShdan deportatsiya qilinishining oldini olgan.
Eslatib o‘tamiz, yanvar oxirlarida AQSh prezidenti Donald Tramp «antisemitizmga qarshi kurash to‘g‘risida»gi farmonni imzolagan edi. Unda Falastinni qo‘llab-quvvatlovchi namoyishlarda qatnashgan xorijliklarni – talabalarni ham, boshqalarni ham mamlakatdan chiqarib yuborish nazarda tutilgan.
Mavzuga oid

19:09
Saudiya Arabistoni Haj mavsumida o‘zbekistonliklarga elektron viza berishni to‘xtatib qo‘ydi

11:31
Tramp o‘tgan juma Rossiya-Ukraina muzokaralari uchun yaxshi kun bo‘lganini aytdi

09:46
“Donald Tramp O‘zbekistonga taklif qilindi. Prezident mintaqaga kelishi uchun hozir eng to‘g‘ri vaqt” – AQSh elchisi

07:53