O‘zbekiston va Rossiya TIV rahbarlari Samarqandda muzokara o‘tkazdi
Baxtiyor Saidov va Sergey Lavrov ittifoqchilik munosabatlari va strategik sheriklikni mustahkamlash, siyosiy muloqotni rivojlantirish, savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirish masalalarini ko‘rib chiqdi.

Foto: Telegram / bakhtiyor_saidov
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov va Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Samarqand shahrida ikki tomonlama muzokara o‘tkazdi.
«Bugun Samarqand shahrida Rossiya Federatsiyasi tashqi ishlar vaziri, hamkasbim Sergey Lavrov janoblari bilan samarali uchrashuv o‘tkazib, ko‘p qirrali hamkorligimizning keng doirasidagi masalalarni muhokama qildik. Uchrashuvda Oliy darajada erishilgan kelishuvlarning amaliy ijrosiga alohida e’tibor qaratildi», deb yozdi Saidov ijtimoiy tarmoqda.
Uning ta’kidlashicha, ikki davlat rahbarlari tomonidan ittifoqchilik munosabatlari va strategik sheriklikni mustahkamlash, siyosiy muloqotni rivojlantirish, savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirish, madaniy va gumanitar bog‘liqliklarni chuqurlashtirish hamda ko‘p tomonlama tuzilmalar doirasida yaqin hamkorlikni davom ettirish bo‘yicha berilgan topshiriqlarni amalga oshirishda tashqi siyosat idoralari o‘rtasida yaqin hamkorlikni davom ettirishga kelishildi.
«Bundan tashqari, ta’lim, innovatsiyalar, infratuzilma, mintaqaviy xavfsizlik va boshqa sohalarda hamkorlikni kengaytirishga alohida urg‘u berib o‘tdik. O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi o‘zaro investitsiyalarni rag‘batlantirish va biznes aloqalarni faollashtirish yo‘llarini muhokama qildik», deb xulosa qildi Saidov.
Mavzuga oid

23:15
Kamayadigan bojsiz limit, sotiladigan zavodlar va Lavrovning nolishi - hafta dayjesti

13:54
G‘arbiy sohildagi quvg‘inlar, Falastin uchun kurashayotgan Harvard va portlatilgan rus generali - kun dayjesti

08:59
Rossiyada IIV migrant bolalarning ta’lim ma’lumotlariga ega bo‘ladi

08:20