Umraga oid reklama qonunchiligini buzganlar jazolandi
Lisenziyaga ega bo‘lmasdan, Umra haqida reklama joylashtirilgan turoperatorlarga chora ko‘rildi.

Foto: Pixabay
Turoperatorlar tomonidan «Umra» tadbirini tashkil etish va o‘tkazishga oid reklamalarni noqonuniy joylashtirganlik holatlari aniqlandi, deb xabar berdi Raqobat qo‘mitasi.
Jumladan, Buxoro, Samarqand, Toshkent viloyatlari va Toshkent shahrida «Mirabelle travel», «Ketdik Tour», «Ayattour», «Tavakkalna Travel» turoperatorlari tomonidan litsenziya hujjatlari mavjud bo‘lmagan holda reklamalar joylashtirilgan. Bu bilan «Reklama to‘g‘risida»gi qonun talablari buzilgan va ularga moliyaviy jarimalar qo‘llangan.
Shuningdek, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida «Jat Travel» Instagram sahifasi, «Farg'ona Umra», «Saudiyaga Sayohat», «Aziz Turizm» va «Sardor Turizm» telegram kanallari adminlari tomonidan berilgan reklamalarda ham qonunchilik talablari buzilgan, mansabdor shaxslar ma’muriy javobgarlikka tortilgan.
Shu bilan birga, litsenziyaga ega bo‘lmasdan reklama materiallari tarqatayotgan axborot resurslarini yurituvchi 12 nafar shaxsga nisbatan Ichki ishlar vazirligi Kiberxavfsizlik markaziga so‘rov yuborilgan.
Qayd qilinishicha, o‘rganish yakunlari yuzasidan qonunchilikda belgilangan tegishli choralar ko‘riladi.
Mavzuga oid

07:32 / 25.04.2025
Saudiyada och va boshpanasiz qolgan ziyoratchilar O‘zbekistonga qaytarildi

22:29 / 21.04.2025
Haj va Umra yagona portali ishlab chiqiladi

23:07 / 17.04.2025
AQSh sudi Googleʼni onlayn reklama bozorida monopolist deb topdi

12:07 / 11.04.2025