Paynet 2025 yilning 1-choragi bo‘yicha natijalarni e’lon qildi
O‘zbekistonning yetakchi elektron to‘lov xizmatlaridan biri - Paynet 2025 yilning birinchi choragi yakuni bo‘yicha o‘z faoliyati natijalarini taqdim etdi. Kompaniya asosiy ko‘rsatkichlar bo‘yicha o‘sish qayd etib, raqamli to‘lov xizmatlarini rivojlantirish yo‘nalishini davom ettirmoqda.

Foto: Paynet
Hisobotga ko‘ra, 2025 yil boshidan 31 trillion so‘mlik to‘lovlar amalga oshirilgan, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 1,5 barobar ko‘p. Kompaniyaning tushumi 388 milliard so‘mni, sof foydasi esa 108 milliard so‘mni tashkil etdi. Bu natijalar o‘tgan yilga nisbatan 70% ko‘p, shuningdek, kompaniya ichki rejasidan ham 57% yuqori.
Bundan tashqari, Paynet foyda solig‘i sifatida davlat budjetiga 19 milliard so‘m to‘lagan, bu ham o‘tgan yilga qaraganda 57% ko‘proq. Paynet bozorda 20 yildan beri faoliyat yuritadi va foydalanuvchilarga naqd hamda elektron to‘lov xizmatlarini taklif qiladi. 2024 yil aprel oyida kompaniya xususiylashtirildi, 2025 yil yanvar oyida esa HUMO to‘lov tizimini 65 million dollarga sotib oldi.
Bugungi kunga kelib, Paynet xizmatlaridan 23 million foydalanuvchi foydalanadi, mobil ilovaning faol foydalanuvchilari esa 2,7 millionga yetgan.
Shuningdek, kompaniya to‘lovlarni qabul qilish nuqtalarini kengaytirishda davom etmoqda — ular soni 28 mingtaga yetdi, jumladan, agentlik punktlari va infokiosklar.
Paynet Bosh direktori Anvar Isamuhamedov quyidagicha izoh berdi:
"Bu natijalar bizning strategiyamiz to‘g‘ri yo‘nalishda ekanini ko‘rsatmoqda. Biz texnologiyalarga, xizmatlar sifatini oshirishga va mijozlarga qulaylik yaratishga doimiy sarmoya kiritmoqdamiz. Natijalar bizning jamoamiz va mijozlarimiz ishonchining natijasidir. Biz bu yo‘nalishda ishlashda davom etamiz”.
Paynet kelgusida foydalanuvchilar sonini yanada oshirish, xizmatlar turini kengaytirish va xizmatlar sifatini yaxshilashni rejalashtirmoqda.
Reklama huquqi asosida
Mavzuga oid

09:30 / 29.03.2025
Paynet va Asaka Bank strategik memorandum imzoladi

17:00 / 21.03.2025
Paynet: 2024 yil yakunlari va joriy yil rejalari haqida

16:19 / 13.01.2025
Humo to‘lov tizimi 65 mln dollarga sotildi

10:00 / 21.11.2024