Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Elektron xizmatlar ko‘rsatuvchi xorijiy kompaniyalar qancha soliq to‘lagani aytildi
O‘zbekistonda elektron xizmatlar ko‘rsatuvchi 68 ta xorijiy kompaniya tomonidan 2025 yilning I choragida 36,2 mlrd so‘m soliq to‘langan.

Foto: REUTERS/Dado Ruvic
Soliq qo‘mitasi ma’lum qilishicha, ushbu ko‘rsatkich 2024 yilning mos davriga nisbatan 1,5 barobar ko‘p. To‘langan soliqlarning 94,5 foizi elektron xizmatlar ko‘rsatuvchi quyidagi 10 ta xorijiy kompaniyalar hissasiga to‘g‘ri keladi.
Uch oyda Apple kompaniyasi 88,6 mlrd so‘m ishlab topgan. O‘z navbatida, kompaniya 10,6 mlrd so‘m soliq to‘lagan.
Keyingi o‘rinni esa Meta kompaniyasi egallagan. Ushbu kompaniya 87 mlrd so‘m ishlab topgan bo‘lsa, 10,5 mlrd so‘m soliq to‘lagan. Google esa 8,9 mlrd so‘m soliq to‘ladi. Kompaniya I chorakda 80,8 mlrd so‘m ishlagan.
Kuchli to‘rtlikdan esa sun’iy intellekt kompaniyasi – OpenAI egallagan. Kompaniya 9,1 mlrd so‘m ishlab topgan bo‘lsa, 1,1 mlrd so‘m soliq to‘lagan.
Keyingi oltita o‘rin esa quyidagicha (to‘langan soliqlar hisobida):
- TikTok - 934,8 mln so‘m;
- Booking - 542,7 mln so‘m;
- Netflix - 467,6 mln so‘m;
- Zoom - 432,6 mln so‘m;
- Acca - 427 mln so‘m;
- Xsolla - 235,6 mln so‘m.
Tavsiya etamiz
Urush taqdiri Alyaskada hal bo‘ladi – hafta dayjesti
Jahon | 17:31 / 10.08.2025
Koreya: Gapirilmaydigan haqiqatlar (2-qism) | SUBYEKTIV
Jamiyat | 18:07 / 09.08.2025
Lazizbek Mullajonov birinchisi emas. Doping sabab diskvalifikatsiya qilingan mashhur o‘zbek sportchilari
Sport | 20:54 / 08.08.2025
«Oltin to‘p»ga da’vogarlar ro‘yxati e’lon qilindi
Sport | 16:40 / 08.08.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Ichki ishlar organlarining 3 xodimi korrupsiya ustida qo‘lga olindi
O‘zbekiston | 20:44
-
Yil uchrashuvi: Alyaskada nima bo‘ladi?
Jahon | 20:43
-
Nigeriya armiyasi 100dan ortiq qurolli jangarilarni yo‘q qildi
Jahon | 20:36
-
Boku va Yerevan o‘z chegaralarida uchinchi mamlakatlar kuchlarini joylashtirmaydigan bo‘ldi
Jahon | 20:26
Mavzuga oid

09:05 / 08.08.2025
O‘zbekiston va Pokiston qo‘shma multimodal kompaniyalarni tashkil etadi

11:27 / 27.06.2025
“Mahalla servis” kompaniyalariga soliq imtiyozlari beriladi

19:11 / 23.06.2025
Buyuk Britaniyada «Robin Hud» solig‘ini joriy etish taklif qilindi

11:37 / 11.06.2025