Jahon | 20:26 / 11.08.2025
1957
1 daqiqa o‘qiladi

Boku va Yerevan o‘z chegaralarida uchinchi mamlakatlar kuchlarini joylashtirmaydigan bo‘ldi

Kelishuvdan shuningdek, hududiy da’volardan voz kechish, kelishuv ratifikatsiya qilinganidan keyin diplomatik munosabatlar o‘rnatish, chegaralarni delimitatsiya va demarkatsiya qilish ishlarini yakunlash kabi moddalar o‘rin olgan.

Foto: AFP/Getty Images

Armaniston va Ozarboyjon mamlakatlar o‘rtasidagi chegaralarda uchinchi tomon kuchlarini joylashtirmaslikka kelishishdi. Bu haqda ikki davlat o‘rtasidagi tinchlik kelishuvi loyihasida aytilgan.

“Tomonlar umumiy chegaralari bo‘ylab uchinchi tomon kuchlarini joylashtirmaydi”, - deyiladi hujjatda.

Kelishuvdan shuningdek, hududiy da’volardan voz kechish, kelishuv ratifikatsiya qilinganidan keyin diplomatik munosabatlar o‘rnatish, chegaralarni delimitatsiya va demarkatsiya qilish ishlarini yakunlash, kelishuvga rioya qilinishini nazorat qiluvchi ikki tomonlama komissiya tuzish kabi moddalar o‘rin olgan.

Hujjat hammasi bo‘lib 17 moddadan iborat. U kuchga kirishi uchun ikki mamlakat rahbarlari uni imzolashi va mamlakatlar parlamentlari ratifikatsiya qilishi lozim.

Mavzuga oid