Iqtisodiyot | 10:45
784
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda aprel oyida inflatsiya 0,7 foizni tashkil etdi

Aprel oyida iste’mol sektoridagi tovarlar va xizmatlar narxlari o‘rtacha 0,7 foizga oshgan.

Foto: Kun.uz

2025 yilning aprel oyida iste’mol sektoridagi tovarlar va xizmatlar narxlari o‘rtacha 0,7 foizga qimmatlashgan.   
  
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, iste’mol sektoridagi narxlarning yillik (2024 yil aprel oyiga nisbatan) o‘sish darajasi 10,1 foizni tashkil etgan.  
  
2025 yilning aprel oyida iste’mol narxlari indeksi tarkibida oziq-ovqat mahsulotlari narxlari o‘rtacha 0,8 foizga, nooziq-ovqat tovarlari 0,4 foizga va aholiga pullik xizmatlar ko‘rsatish narxlari o‘rtacha 1 foizga oshgani kuzatilgan.  
  
Mazkur hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun 10 mingdan ortiq savdo nuqtalari va xizmat ko‘rsatish obektlarida 170 mingdan ziyod narxlar qayd etilgan.  
  
Kuzatuv davomida 420 turdagi oziq-ovqat va nooziq-ovqat mahsulotlari va 90 turdagi xizmatlar narxlari o‘rganilgan.

Mavzuga oid