O‘zbekistonda Fransiya universitetini ochish rejalashtirilmoqda
O‘zbekiston TIV rahbari maslahatchisi Fransiya elchisi bilan qo‘shma ta’lim loyihalarini ishlab chiqish masalalarini muhokama qildi.

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri maslahatchisi Munira Aminova Fransiya elchisi Oreliya Bushez bilan uchrashuv o‘tkazdi.
TIV ma’lumotiga ko‘ra, uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalari, iqtisodiy diplomatiyani rivojlantirish, shuningdek, o‘zaro hamkorlik sohalarida tajriba almashish yuzasidan fikr almashildi.
Ta’lim loyihalarini ishlab chiqish, jumladan, fransuz maktabi faoliyati va Fransiya universitetini ochish rejalariga alohida e’tibor qaratildi. Ushbu tashabbuslar madaniy va akademik aloqalarni mustahkamlash, shuningdek, talabalar va o‘qituvchilar uchun yangi imkoniyatlar yaratish uchun mo‘ljallangan.
Uchrashuv konstruktiv va do‘stona ruhda o‘tgani sheriklik munosabatlarining yuqori darajasi va o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirish istagini tasdiqladi.
Mavzuga oid

12:22 / 16.06.2025
Daniya va Fransiya rahbarlari Grenlandiya suverenitetini yana bir bor tasdiqladi

11:51 / 13.06.2025
Fransiya banki O‘zbekistonga yangi samolyotlar va poyezdlar xarid qilishda yordam berishi mumkin

11:35 / 12.06.2025
Assystem «O‘zatom»ga AES loyihasini texnik qo‘llab-quvvatlashda yordam beradi

15:38 / 10.06.2025