Braziliya politsiyasi Ledi Gaga konsertidagi teraktning oldini oldi
Xonandaning Kopakabana plyajidagi bepul konserti ikki milliondan ortiq odamni yig‘di. Politsiya u yerda qo‘lbola bombalarni portlatishni rejalashtirganini aytdi. Terakt tashkilotchisi deb taxmin qilingan shaxs va o‘smir qo‘lga olindi.

Foto: Philipp Znidar/dpa/picture alliance
Braziliya politsiyasi amerikalik qo‘shiqchi Ledi Gaganing 3 may, yakshanba kuni Rio-de-Janeyrodagi Kopakabana plyajida bo‘lib o‘tgan tekin konsertida terakt sodir etilishining oldini olganini ma’lum qildi.
Huquq-tartibot idoralari vakillarining so‘zlariga ko‘ra, jinoyatchilar qo‘lbola portlovchi moslamalar va molotov kokteylidan foydalanishi kerak bo‘lgan o‘smirlarni o‘z safiga jalb qilgan. Politsiya amaliyoti doirasida ikki kishi – rejalashtirilgan hujum tashkilotchisi va o‘smir yigit qo‘lga olindi. Birinchisi Rio Grande-du-Sul shtatida o‘qotar qurolni noqonuniy saqlagani uchun, ikkinchisi Rioda bolalar pornografiyasini saqlagani uchun hibsga olingan.
Politsiyaning ta’kidlashicha, hujumlarni rejalashtirgan guruh o‘smirlarni radikallashtirish va nafratni qo‘zg‘atish bilan shug‘ullangan. Teraktga tayyorgarlik chog‘ida uning tashkilotchilari qo‘shiqchining xalqaro muxlislar hamjamiyati bo‘lmish Little Monsters a’zosi sifatida o‘zini tanishtirishgan.
Ledi Gaganing Kopakabana plyajidagi konserti bepul bo‘lib, xonandaning o‘zi yozganidek, unga 2 milliondan ortiq odam tashrif buyurgan. Tadbir uchun shahar iqtisodiyotini jonlantirishga umid qilgan mahalliy hokimiyatlar to‘lagan. Konsertdan 100 million dollar yig‘ilishi kutilmoqda.
Mavzuga oid

19:37 / 01.05.2025
Dunyodagi eng keksa ayol vafot etdi

08:37 / 25.04.2025
Rossiyada teraktni tayyorlayotgan «markaziy osiyoliklar» yo‘q qilingani xabar berildi

09:30 / 24.04.2025
Hindiston Kashmirdagi teraktdan keyin Pokistonga cheklovlar joriy qildi

16:59 / 14.04.2025