Yetti gol urilgan o‘yinda "Inter" "Barselona"ni YeChLdan chiqarib yubordi

Foto: AFP
Yevropa Chempionlar Ligasi yarimfinal javob o‘yinlariga start berildi.
"Inter" o‘z maydonida "Barselona"ni qabul qilib, qo‘shimcha bo‘limlarda urilgan gol hisobiga 4:3 hisobida g‘alaba qozondi. Mezbonlar safida Martines, Chalxano‘g‘li, Acherbi hamda Frattezi 1tadan gol urgan bo‘lsa, mehmonlar safida Garsiya, Olmo va Rafinya o‘z hisobiga bittadan gol yozib qo‘ydi.
Kataloniyadagi uchrashuv 3:3 hisobida yakunlangan edi. Shu tariqa, "Inter" 2025-26 yilgi Yevropa Chempionlar Ligasi finaliga yo‘l oldi.
Finalning ikkinchi ishtirokchisi ertaga, 7 maydan 8 mayga o‘tar kechasi "PSJ" hamda "Arsenal" uchrashuvida ma’lum bo‘ladi.
Chempionlar ligasi. 2024/25. Yarimfinal. Javob o‘yini.
Inter (Italiya) – Barselona (Ispaniya) – 4:3
Gollar: Lautaro Martines, 21, Chalxanoglu, 45+1 (pen.), Acherbi, 90+3, Frattezi, 99 – Garsiya, 54, Olmo, 60, Rafinya, 87
Barselona: Shensniy - Martin, Martines (Arauxo 76), Kubarsi (Gavi 106), Garsiya (Fort 98) - Pedri (Viktor 106), de Yong - Rafinya, Olmo (Lopes 83), Yamal - Torres
Inter: Zommer - Bastoni, Acherbi, Bisek (Darmian 71) - Dimarko (Karlos Augusto 55), Mxitaryan (Frattezi 79), Chalxono‘g‘li (Zelinskiy 79), Barella, Dumfris (De Vrey 108) - Tyuram, Martines (Taremi 71)
Ogohlantirishlar: Chalxono‘g‘li 36, Mxitaryan 69, Acherbi 90+5, Karlos Augusto 91, Bastoni 118 - Martines 51, Flik 90+5
Ilk uchrashuv: 3:3
Mavzuga oid

18:36 / 07.05.2025
Tajriba sinovi. «Barsa» nega yarimfinaldan o‘tolmadi?

12:27 / 04.05.2025
«Barsa» amalladi, «Bavariya»ning chempionligi kechiktirildi. Kun o‘yinlari

10:53 / 01.05.2025
YeChLda yana bir supero‘yin. «Barselona» va «Inter» jami 6 ta gol urishdi

15:45 / 30.04.2025