O‘zbekiston | 09:00 / 08.05.2025
4671
3 daqiqa o‘qiladi
Reklama

Magistraturaga qabul davom etmoqda

“Yangi O‘zbekiston” universitetida hozirda quyidagi mutaxassisliklarda o‘qishga arizalar qabul qilinmoqda:

Bir yillik magistratura mutaxassisliklari:

- Sun’iy intellekt va mashinalarni o‘rganish;

- Loyiha boshqaruvi;

- Amaliy tilshunoslik va TeSOL.

Ikki yillik magistratura mutaxassisliklari:

- Iqtisodiyot va ma’lumotlar tahlili;

- Amaliy informatika;

- Sanoat boshqaruvi – innovatsiya va biznesni rivojlantirish;

- Zamonaviy fizika;

- Mexanika muhandisligi;

- Radioelektron qurilmalar va tizimlar;

- Barqaror kimyo muhandisligi va materiallar.

O‘qishga arizalar qabuli bir yillik magistratura mutaxassisliklari uchun 5 sentabrgacha, ikki yillik mutaxassisliklar uchun esa 15 avgustga qadar davom etadi.

Talabgorlardan bakalavr diplomi, ingliz tilini bilish darajasini tasdiqlovchi sertifikat va kirish imtihonini muvaffaqiyatli topshirish talab etiladi. Agar siz ingliz tilidan sertifikat yoki bakalavr diplomini hali olmagan bo‘lsangiz ham hozir o‘qishga ariza topshirishingiz mumkin. Faqat diplom va sertifikatingiz nusxasini 5 sentabrga qadar platformaga yuklashingiz kerak bo‘ladi.

Zamonaviy fizika, Mexanika muhandisligi, Radioelektron qurilmalar va tizimlar hamda Barqaror kimyo muhandisligi va materiallar mutaxassisliklari uchun talabgorlar ingliz tilini minimum IELTS 5,5, qolgan yo‘nalishlar uchun esa minimum IELTS 6 darajasida bilishi talab etiladi.

Bir yillik magistratura mutaxassisliklari uchun kirish imtihoni o‘tkazilmaydi. Ikki yillik mutaxassisliklar uchun imtihon har bir mutaxassislik uchun turli fanlardan o‘tkaziladi.

Universitetda darslar dunyoning eng yuqori o‘rinlarda turuvchi oliygohlarida o‘qigan va ishlagan professor-o‘qituvchilar tomonidan olib boriladi.

“Yangi O‘zbekiston” universiteti davlat oliy ta’lim muassasasi bo‘lganligi uchun magistraturaga qabul qilingan ayol-qizlarning kontrakt narxlari to‘liq qoplab beriladi. Shuningdek, universitet tomonidan ikki yillik magistratura mutaxassisliklariga o‘qishga qabul qilingan talabalar uchun 100%, 70% va 50% miqdoridagi bir yillik grantlar ajratiladi.

Sanoat boshqaruvi – innovatsiya va biznesni rivojlantirish magistratura mutaxassisligi Germaniyaning Mitvayda universiteti bilan hamkorlikda tashkil etilgan ikki diplomli dastur hisoblanadi. Mazkur mutaxassislikda talabalar birinchi semestrni “Yangi O‘zbekiston” universitetida ikkinchi semestrdan esa Germaniyada tahsil olishlari mumkin.

O‘qishga ariza topshirish: https://admission.newuu.uz

Savol va murojaatlar uchun:

Koll-markazi: +998712024111

Telegram bot: @newuucontact_bot

Reklama huquqi asosida