Jamiyat | 09:27
1228
1 daqiqa o‘qiladi

Jizzaxda 4,7 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalanildi

Jizzax viloyatining Sharof Rashidov tumanida joylashgan “A.E.J.” fermer xo‘jaligi 4,7 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangan. 

Foto: Bosh prokuratura

Bosh prokuratura ma’lum qilishicha, xo‘jalik rahbari A.S. quvvati 60 kVt bo‘lgan 8 ta suv nasoslarini elektr hisoblagichdan tashqari ulagan.

Oqibatda, dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, 4 mlrd 739 mln so‘mlik elektrni talon-toroj qilgan.

Mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid