Jahon | 10:36
2042
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiya sudlari bazasidan kiberhujumdan keyin 89 mln ish yo‘qolib qoldi

Rossiyaning «Pravosudiye» sud ma’lumotlar bazasiga o‘tgan yili kuzda qilingan xakerlik hujumi natijasida ishlar arxivining uchdan bir qismi yo‘q qilingan, deyiladi Rossiya Federatsiyasi Hisob palatasi hisobotida.

Foto: Flickr

Rossiyada sud ishlari arxivining uchdan bir qismi (33 foizi yoki 89 millionta yozuv) 2024 yil kuzidagi ommaviy nosozlikdan so‘ng «Pravosudiye» Rossiya davlat avtomatlashtirilgan tizimidan yo‘qolib qolgan. Bu haqda RF Hisob palatasi hisobotida so‘z boradi.

Ushbu aktlar Rossiya sudlarining barcha qarorlari saqlanadigan «jamlangan ma’lumotlar bazasi»da bo‘lgan. «2024 yil 7 oktyabrda ro‘y bergan kiberhodisa natijasida ko‘rsatilgan ma’lumotlar axborot tizimlaridan o‘chirildi», — deyiladi palata hisobotida.

Hujjatdan ma’lum bo‘lishicha, «Pravosudiye» tizimi veb-saytlarining tashqi xavfsizligi oxirgi marta 2015 yilda tekshirilgan va tizimning o‘zi to‘liq yangilanmagan hamda «texnik jihatdan eskirgan xorijiy dasturiy mahsulotlar»da ishlaydi. Shu bilan birga, 2003 yildan 2024 yilgacha Rossiya hukumati «Pravosudiye» tizimi uchun 65,2 milliard rubl sarfladi.

Mavzuga oid