O‘zbekiston | 08:50
3198
2 daqiqa o‘qiladi

Orol tubida sho‘rlanishga chidamli o‘simlik sinovdan o‘tkazildi

Orol dengizi tubida yuqori darajadagi sho‘rlanishga chidamli o‘simlik sinovdan o‘tkazildi.

Foto: Ekologiya vazirligi

Ekologiya vazirligi qayd etishicha, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi tomonidan amalga oshirilayotgan loyiha doirasida Orol dengizi qurigan tubida ekologik tiklash maqsadida istiqbolli o‘simlik turlarini joriy etish yuzasidan ilmiy sinovlar olib borilmoqda.

O‘tkazilgan dala tadqiqotlari natijalariga ko‘ra, yuqori yashovchanlik ko‘rsatgan eng istiqbolli o‘simliklardan biri — arundo donax (gigant qamish) bo‘ldi. Ushbu o‘simlik tabiatan namlikni yoqtiruvchi bo‘lishiga qaramay, sho‘rlangan muhitga yuqori darajada moslashish xususiyatiga ega. 

Tajriba maydonlarida olib borilgan tuproq qazish ishlari natijasida yer osti suvlari sathi taxminan 2 metr chuqurlikda joylashgani aniqlangan bo‘lib, arundo donax ildizlari allaqachon birinchi yilning o‘zida shu chuqurlikka yetib borayotgani kuzatildi. Bu esa o‘simlikka barqaror o‘sish va rivojlanish imkonini beradi.

O‘tkazilayotgan sinovlar Orolbo‘yi mintaqasida ekologik holatni yaxshilash, chang bo‘ronlariga qarshi kurashish hamda biologik tiklanish orqali hudud ekotizimini barqarorlashtirish yo‘lida muhim ilmiy asos yaratmoqda. Kelgusida mazkur tajriba asosida keng ko‘lamli ko‘kalamzorlashtirish ishlari olib borilishi rejalashtirilgan.

Mavzuga oid