YeI Rossiya nefti narxini 50 dollargacha tushirishni taklif qilmoqda
Rossiya neftining maksimal narxi bir barrel uchun 50 dollargacha tushishi kerak. Hozir u 60 dollarni tashkil qiladi.

Foto: Sovkomflot
20-22 may kunlari Kanadada bo‘lib o‘tadigan G7 moliya vazirlarining yig‘ilishida Yevropa Ittifoqi dengiz orqali tashiladigan Rossiya neftining maksimal xarid narxini pasaytirishni taklif qiladi. Bu haqda 19 may, dushanba kuni Yevropaning iqtisodiy masalalar bo‘yicha komissari Valdis Dombrovskis ma’lum qildi, deya xabar beradi Reuters. Uning so‘zlariga ko‘ra, YeI komissiyasi bu masalani Rossiyaga Ukrainaga harbiy intervensiyasi uchun joriy qilingan iqtisodiy sanksiyalarning yangi paketini muhokama qilish chog‘ida ko‘targan. Dombrovskis Yevropa Ittifoqi «narxlar shiftini» qay darajada pasaytirmoqchi ekanligiga aniqlik kiritmadi, biroq munozaralardan xabardor bo‘lgan Yevropa Ittifoqining nomi oshkor etilmagan rasmiylari Reuters agentligiga bir barrel uchun 50 dollar ishlab chiqilayotganini aytishdi. Hozirda Rossiyadan bir barrel neft uchun «narx shifti» 60 dollarni tashkil etadi.
Yevropa Ittifoqi hozirda Ukrainadagi tajovuzkorligi uchun Moskvaga qarshi bir vaqtning o‘zida «eng katta» sanksiyalar rejimini qo‘llashni tayyorlamoqda, bu 20 may kuni YeI Tashqi ishlar kengashi yig‘ilishida e’lon qilinadi. Kanadada navbatdagi, 17-jazo choralari to‘plami qabul qilinadi. Uning doirasida sanksiyalar ro‘yxatiga 75 ta yangi yuridik va jismoniy shaxslar, shuningdek, amaldagi embargoni chetlab o‘tib, Rossiya neft va neft mahsulotlarini xorijiy bayroqlar ostida tashiydigan «soyadagi flot»ning 200 ta kemasi qo‘shiladi. Bu Yevropa Ittifoqining sanksiyalar ro‘yxatidagi shaxslar sonini 2500 dan, kemalar sonini esa 300 dan oshiradi.
Gibrid faoliyat uchun Yevropa Ittifoqining sanksiyalar rejimi doirasida Rossiya Federatsiyasida 27 jismoniy va yuridik shaxslarga nisbatan tarmoq choralari, shuningdek, individual sanksiyalar joriy etiladi. Yevropa Ittifoqining inson huquqlarini buzganlik uchun global sanksiya rejimi doirasida Rossiyadan yana 28 jismoniy va yuridik shaxs sanksiyalar ro‘yxatiga kiritiladi. Bundan tashqari, kimyoviy qurol qo‘llagani uchun Rossiyaga qarshi sanksiyalar joriy etish rejalashtirilmoqda. Gap ommaviy tartibsizliklarni bostirishning kimyoviy vositalari haqida ketmoqda, Moskva undan Ukrainada urush olib borish vositasi sifatida foydalanmoqda, deyiladi ma’lumotda.
Mavzuga oid

20:36
YeI davlatlari Rossiyaga qarshi sanksiyalarning 17-paketini tasdiqladi

18:46
Rossiyadagi migratsiya markazida vafot etgan shaxs O‘zbekiston fuqarosi ekani rad etildi

17:07
Putin Trampga 9 may kuni Kreml yaqinida teraktlarning oldi olingani haqida gapirdi

15:30