O‘zbekiston | 11:02 / 23.05.2025
2299
1 daqiqa o‘qiladi

4 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan metan zapravka aniqlandi

Farg‘ona viloyatida 4,1 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan metan zapravka aniqlandi.

Holat “O‘zenergoinspeksiya” Farg‘ona viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan huquqni muhofaza qilish organlari va ta’minot korxonasi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan nazorat tadbirida aniqlangan

“F.P.S” MChJga qarashli Farg‘ona tumani, Novkent shaharchasida joylashgan avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchasi tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelgan.

Shoxobchada gaz iste’moli hajmini o‘zgartirish maqsadida o‘lchov tizimidagi patrubka ichki qismiga davlat standarti talablariga zid tashqi ta’sir ko‘rsatilgan. 

Dastlabki hisob-kitoblarga asosan davlat manfaatlariga yetkazilgan zarar miqdori 4 milliard 193 million so‘mni tashkil etgan.

Mazkur holat yuzasidan huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid