Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Afrosiyob» tezyurar poyezdining manyovr lokomotivida yong‘in chiqdi
«O‘zbekiston temiryo‘llari» yonayotgan teplovoz ichida yo‘lovchilar borligi haqidagi da’volar noto‘g‘ri ekanini bildirdi. Hodisa sodir bo‘lgan paytda poyezd yo‘lovchilarni tashimagan.

Foto: Videodan kadr
«O‘zbekiston temiryo‘llari» AJ «Afrosiyob» tezyurar poyezdining manyovr lokomotivida kuzatilgan yong‘in yuzasidan ma’lumot berdi.
Ijtimoiy tarmoqlarda «Afrosiyob» tezyurar elektropoyezdida sodir bo‘lgan yong‘in aks etgan video tarqaldi.
Qayd etilishicha, yong‘in faqat poyezdni tashish bo‘yicha yordamchi ishlarni bajaruvchi manyovr lokomotiviga ta’sir qilgan. «Afrosiyob» poyezdi yong‘inga uchramagan va ertaga jo‘nab ketadi.
Yonayotgan teplovoz ichida yo‘lovchilar borligi haqidagi da’volar noto‘g‘ri. Hodisa muntazam reysdan tashqarida sodir bo‘lgan va o‘sha paytda poyezd yo‘lovchilarni tashimagan.
«Mutaxassislar voqea joyiga tezda yetib kelishdi va yong‘inni muvaffaqiyatli bartaraf etishdi», — deyiladi munosabatda.
Ta’kidlanishicha, «Afrosiyob» elektropoyezdining barcha reyslari jadvalda o‘zgarishsiz amalga oshiriladi.
«O‘zbekiston temiryo‘llari» yong‘in tafsilotlari haqida keyinroq xabar berilishini ma’lum qildi.
Mavzuga oid

14:26 / 17.07.2025
Iroqdagi savdo markazida yong‘in: 80 ga yaqin kishi halok bo‘lgan (video)

11:40 / 17.07.2025
Seul ko‘chasida avtomobil yonib ketdi

09:57 / 17.07.2025
Mirzo Ulug‘bek tumanidagi podstansiyada yong‘in sodir bo‘ldi

15:59 / 16.07.2025