Zelenskiy: Rossiya butun dunyoga nafratini bildiryapti
Rossiya hukumati Ukrainada o‘t ochishni to‘xtatishga urinishlarga javoban butun dunyoga nafrat bildiryapti, dedi Volodimir Zelenskiy. U Vladimir Putin va Donald Tramp o‘rtasidagi suhbat yakunlarini shunday izohladi.

Foto: gov.ua
Ukrainadagi vaziyatni tinch yo‘l bilan tartibga solishga urinishlarga javoban Rossiya hukumati butun dunyoga nafrat bildirdi. Bunday fikrni Volodimir Zelenskiy 4 iyun, chorshanba kuni Vladimir Putin va Donald Tramp o‘rtasidagi telefon suhbati yakuni bo‘yicha bildirdi.
«Ko‘pchilik Rossiya bilan turli darajalarda gaplashdi. Hech qanday suhbat nafaqat uzoq muddatli tinchlikka, hattoki urushni tugatishga ham olib kelgani yo‘q. Afsuski, Putin o‘zini jazosiz his qilmoqda va hatto Rossiyaning barcha dahshatli zarbalaridan keyin ham u go‘yo yana bir qancha javoblar tayyorlamoqda», deb yozdi Ukraina prezidenti Telegramʼda.
«Har bir yangi zarba, diplomatiyadagi har bir yangi kechikish bilan Rossiya butun dunyoga nafrat ko‘rsatyapti. Rossiyaga bosimni kuchaytirishni istamaydigan har bir kishiga», — deya qo‘shimcha qildi Zelenskiy. U «urushning o‘z bahosi borligini his qilishi» uchun Moskvaga bosim o‘tkazishga chaqirdi.
Putin bilan suhbatdan so‘ng Tramp bu «zudlik bilan tinchlikka olib keladigan suhbat emasligini» aytdi. «Putin aerodromlarga yaqinda qilingan hujumga javob berishga majbur bo‘lishini qat’iy aytdi», — deb yozadi respublikachi.
Mavzuga oid

23:33 / 06.06.2025
Oq uy senatni Rossiyaga qarshi «qaqshatkich» sanksiyalariga oid qonun loyihasini yumshatishga chaqirdi

20:53 / 06.06.2025
Ukrainaning Rossiya aerodromlariga kutilmagan hujumlari urushda burilish nuqtasi bo‘ladimi?

17:54 / 06.06.2025
Ukraina bo‘ylab yopirilma zarbalar: 400 dan ortiq dron va 40 ta raketa uchirilgan

16:42 / 06.06.2025