Jahon | 21:33 / 14.06.2025
6889
2 daqiqa o‘qiladi

Tramp bilan Putin Yaqin Sharqdagi xavfli keskinlashuvni muhokama qildi

AQSh va Rossiya prezidentlari telefon orqali suhbatlashdi.

Foto : AP Photo/House Select Committee, RIA Novosti/Aleksey Drujinin

AQSh prezidenti Donald Tramp va Rossiya prezidenti Vladimir Putin telefon orqali Yaqin Sharqdagi vaziyat keskinlashuvini muhokama qildi. Bu haqda Rossiya prezidenti yordamchisi Yuriy Ushakov ma’lum qildi.

«Rossiya prezidenti Vladimir Putin AQSh prezidenti bilan navbatdagi telefon suhbatini o‘tkazdi, muloqot 50 daqiqa davom etdi. Putin Isroilning Eronga qarshi harbiy amaliyotini qoralab, O‘rta Sharqdagi mojaroning butun mintaqadagi noxush oqibatlarga olib kelishi mumkin bo‘lgan keskinlashuvidan jiddiy xavotir bildirdi», dedi u.

Ushakov so‘zlariga ko‘ra, «Yaqin Sharqdagi vaziyatning xavfli keskinlashuvi, tabiiyki, fikr almashish markazida bo‘ldi».

«Vladimir Putin Isroilning Eronga qarshi harbiy amaliyotini qoralab, mojaroning kuchayishi ehtimolidan jiddiy xavotir bildirdi, bu esa Yaqin Sharq mintaqasidagi butun vaziyat uchun oldindan aytib bo‘lmaydigan oqibatlarga olib kelishi mumkin», dedi Ushakov.

Tramp shuningdek, Yaqin Sharqdagi vaziyatning juda xavotirli ekanini, ammo Isroilning Eron obektlariga bergan zarbasi samarali bo‘lganini tan olgan.

«Shunisi ahamiyatliki, yuzaga kelgan murakkab vaziyatga qaramay, ikkala prezident Eron yadro dasturi bo‘yicha muzokaralarga qaytishni istisno qilmadi», dedi Ushakov.

«Putin Trampga Rossiyaning Ukraina bilan muzokaralarini 22 iyundan keyin davom ettirishga tayyorligi haqida ma’lum qildi. Tramp bu ma’lumotni e’tiborga oldi va Rossiya-Ukraina mojarosiga tezroq barham berishdan manfaatdorligini yana bir bor ta’kidladi», dedi Ushakov.

Suhbat yakunida Putin bugun 79 yoshga to‘lgan Trampni tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi.

Mavzuga oid