Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bekobodda mikroavtobus poyezd bilan to‘qnashdi
Bekobod shahri hududidan o‘tuvchi temiryo‘l kesishmasida mikroavtobus va lokomotiv ishtirokida YTH sodir bo‘ldi. Mikroavtobusda yo‘lovchilar bo‘lmagan, haydovchi ham jarohatlanmagan.

Foto: Toshkent viloyati IIB YHXB
14 iyun kuni soat taxminan 16:40 larda Toshkent viloyati Bekobod shahri hududidan o‘tuvchi temiryo‘l kesishmasida mikroavtobus va lokomotiv ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda viloyat YHHB xabar berdi.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Buyuk Ipak yo‘li ko‘chasida joylashgan, shlagbaumsiz, biroq svetofor va yo‘l belgilariga ega temiryo‘l kesishmasida 2002 yilda tug‘ilgan X.F. boshqaruvidagi JAC M3 rusumli mikroavtobus «O‘zmetkombinat» AJga tegishli «TZM2UM» rusumli dizel lokomotiv bilan to‘qnashgan.
Mikroavtobusda yo‘lovchilar bo‘lmagan.
Hodisa oqibatida transport vositalari texnik jihatdan shikastlangan, haydovchi salomatligiga zarar yetmagan.
Holat yuzasidan Bekobod shahar IIB Yo‘l harakati xavfsizligi bo‘limi tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid

18:45
Toshkentda 10 ta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

12:33
Surxondaryoda YTH oqibatida to‘rt yigit halok bo‘ldi

14:38 / 31.07.2025
Surxondaryoda Nexia maktab oldidagi piyodalar yo‘lagida 8 yoshli qizaloqni urib o‘ldirdi

11:07 / 31.07.2025