2,5 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan zapravka aniqlandi
Andijon viloyatida 2,5 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan AGTKSh aniqlandi.

Foto: Hududgazta’minot
Paxtaobod tumanidagi avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchasida tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi.
“M.M.A.” MChJga qarashli AGTKShda o‘rnatilgan gaz hisoblash uskunasi o‘rganilganda impuls naychasiga tashqi ta’sir o‘tkazilgani ma’lum bo‘ldi. Holat yuzasidan dalolatnoma tuzilib, 2 mlrd 541 mln so‘mlik tabiiy gaz hajmlari qayta hisob-kitob qilindi.
Barcha hujjatlar huquq-tartibot organlariga yuborildi.
Mavzuga oid

14:00 / 11.06.2025
1,3 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan ovqatlanish maskani aniqlandi

09:20 / 29.01.2025
“Hududgazta’minot” raisiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

17:00 / 27.01.2025
O‘zbekistonda smart GTP: gaz taqsimlashda samaradorlik va xavfsizlikning yangi bosqichi

16:50 / 21.12.2024