Jahon | 09:30
1638
2 daqiqa o‘qiladi

Bundesver strategiyasida Rossiya «ekzistensial xavf» deb ataldi

Harbiy iqtisodga o‘tish orqali Rossiya Yevropa Ittifoqiga nisbatan harbiy ustunligini tobora oshirmoqda, ehtimol NATO bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri to‘qnashuvga tayyorlanmoqda, deyiladi strategiyada.

Foto: Getty images

«Germaniya qurolli kuchlarining yangilangan harbiy strategiyasi»da Rossiya Germaniya uchun «ekzistensial xavflar» manbayi deb ataldi, deb yozadi 20 iyun, juma kuni Der Spiegel jurnali hujjatga tayanib.

Harbiy amaldorlar va ekspertlar qariyb bir yarim yildan beri ishlab kelayotgan strategiyada Germaniya duch kelayotgan tahdidlar tahlili, jumladan, Rossiya 2029 yilda NATO bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri harbiy mojaroga tayyorgarlik ko‘rishi mumkinligi haqidagi razvedka ogohlantirishlari keltirilgan, deb yozadi Der Spiegel.

Tahlilchilar, jumladan, Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Rossiya armiyasini izchil oshirish siyosati tufayli shunday xulosaga keldi  – 2026 yilda u 1,5 million askarga yetishi kutilmoqda. «Rossiya ko‘p yillar davomida o‘zining jangovar tajribasini maqsadli ravishda oshirib, Checheniston, Suriya va hozirda Ukrainada qurolli kuchlarini rivojlantirishda davom etmoqda», — deydi muallif.

Bundan tashqari, Rossiya harbiy iqtisodga o‘tdi va bu bilan Yevropa qurolli kuchlari oldida «harbiy ustunligini tobora oshirmoqda», deydi ekspertlar. Kreml «o‘z sanoatini ham, rahbariyat tuzilmalarini ham shu o‘n yillikning oxirida NATO bilan keng ko‘lamli mojaro talablariga moslashtirmoqda», deya xulosa qiladi strategiya mualliflari.

Mavzuga oid