Trampning maxsus vakili Kellog Minskda Lukashenko bilan uchrashdi
Kellog bu tashrifni Rossiya va Ukraina o‘rtasida yaqinda boshi berk ko‘chaga kirib qolgan tinchlik muzokaralarini qayta tiklash uchun ehtimoliy imkoniyat sifatida ko‘rmoqda.

Foto: belta.by
Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko Minskda AQSh prezidentining Rossiya va Ukraina bo‘yicha maxsus vakili Kit Kellog bilan uchrashdi; muzokaralar Mustaqillik saroyida bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Belta davlat agentligi xabar berdi.
«Janob general, siz bilan uchrashganimdan juda xursandman. Umid qilamanki, suhbatimiz juda samimiy va ochiq bo‘ladi. Aks holda, uchrashuvdan nima foyda? Agar biz bir-birimiz oldida aqlli va ayyor bo‘lsak, natijaga erisholmaymiz», deb Lukashenko so‘zlarini keltirdi agentlik.
Kellog, o‘z navbatida, «biz juda xavfli davrda yashayapmiz, agar dono va adolatli bo‘lmasak, inqirozlar keskin kuchayishi va ko‘payishi mumkin», dedi.
«Janob general, men sizga va’da beramanki, Belarus hududida to‘liq xavfsiz bo‘lasiz va bu vaqt ichida nafaqat Belarusda, balki bizning atrofimizda ham keskinlashuv bo‘lmaydi», deb javob berdi Lukashenko.
Muzokaralarning boshqa tafsilotlari oshkor etilmadi.
Reuters xabariga ko‘ra, Kellog bu tashrifni Rossiya va Ukraina o‘rtasida yaqinda boshi berk ko‘chaga kirib qolgan tinchlik muzokaralarini qayta tiklash uchun ehtimoliy imkoniyat sifatida ko‘rmoqda.
Kellog so‘nggi yillarda Belarusga tashrif buyurgan eng yuqori martabali AQSh rasmiysiga aylandi. 2020 yil fevral oyida, Donald Trampning birinchi muddati davomida Davlat kotibi Mayk Pompeo Belarusga tashrif buyurdi. Bu AQSh Davlat kotibining 1993 yildan beri Minskka ilk tashrifi bo‘ldi.
Belarusdagi prezidentlik saylovi, mamlakatdagi keng ko‘lamli norozilik namoyishlari va qatag‘onlardan so‘ng Trampning AQSh rahbari sifatidagi vorisi, demokrat Jo Bayden Belarusga nisbatan siyosatni o‘zgartirdi. 2022 yilda, Rossiyaning Ukrainaga keng ko‘lamli bosqinidan so‘ng, AQSh Minskdagi elchixonasi ishini to‘xtatdi.
Mavzuga oid

19:22 / 21.06.2025
Belarus muxolifati vakili Sergey Tixanovskiy qamoqdan ozod etildi

11:20 / 21.06.2025
AQShda universitetlarga tadqiqot uchun to‘lovlar kamaytirilishi bloklandi

00:40 / 21.06.2025
AQSh Iordaniyaga F-22 qiruvchi samolyotlarini yubordi

00:03 / 21.06.2025