Jahon | 10:42
1778
2 daqiqa o‘qiladi

Tunis sobiq prezidenti 22 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi

Tunis sudi sobiq prezident Monsef Marzukini sirtdan 22 yillik qamoq jazosiga hukm qildi. Siyosatchi Tunisning amaldagi rahbari Kays Saidning ashaddiy tanqidchisi hisoblanadi.

Foto: AP

Tunis sudi sobiq prezident Monsef Marzukini sirtdan 22 yillik qamoq jazosiga hukm qildi. Bu haqda 21 iyun, shanba kuni Reuters agentligi xabar berdi. Tunisning amaldagi rahbari Kays Saidning ashaddiy tanqidchisi davlat xavfsizligiga putur yetkazishda ayblanmoqda.

«Men bu sudyalarga aytaman: hukmlaringiz haqiqiy emas... Tez orada sud qilinasiz. Demokratiya qaytadi», — dedi Parijda surgunda bo‘lgan 79 yoshli Marzuki hukmni sharhlar ekan.

Marzuki 2011 yildan 2014 yilgacha davlat rahbari lavozimida ishlagan. Siyosatchi Saidni parlamentni hokimiyatdan mahrum qilganidan keyin avtoritar tuzum o‘rnatishda ayblaydi. Davlat rahbari, o‘z navbatida, uning harakatlari mamlakatdagi vaziyatni barqarorlashtirish uchun zarur bo‘lganini ta’kidlaydi.

Gap Marzukiga chiqarilgan uchinchi hukm haqida ketmoqda.

Tunis bir necha yillardan beri iqtisodiy inqirozni boshdan kechirmoqda, aholi bir qator mahsulotlarga, xususan, qahva, sut va shakar sotib olishda qiyinchiliklarga duch kelmoqda. 2021 yilning yozida Said hukumatni iste’foga chiqardi va parlament ishini muzlatib qo‘ydi. Bundan tashqari, u o‘z vakolatlarini kengaytirgan yangi konstitutsiyaning qabul qilinishiga erishdi.

Mavzuga oid