Jahon | 12:11 / 24.06.2025
2761
3 daqiqa o‘qiladi

Germaniya Eronning Qatardagi AQSh bazasiga hujum qilish rejalari haqida bilmagan

Eronning Qatardagi AQSh bazasiga hujumi, Germaniya tashqi ishlar vaziri Yoxann Vadefulning so‘zlariga ko‘ra, AQShning Eron yadroviy inshootlariga bergan zarbalariga javob bo‘ldi.

Yoxann Vadeful Foto: Christian Mang/REUTERS

Berlin Eronning Qatardagi AQShning Al Udeyd bazasiga hujum qilish niyati haqida oldindan bilmagan. Bu haqda 23 iyun, dushanba oqshomida Germaniya tashqi ishlar vaziri Yoxann Vadeful Germaniyaning ARD jamoat telekanalining Tagesthemen yangiliklar dasturida ma’lum qildi.

«Biz Qatar o‘z havo hududini yopganini eshitdik, shuning uchun buni (AQShning Qatardagi Al-Udeyd bazasiga hujum) kutish mumkin edi», deb tan oldi nemis diplomatiyasi rahbari.

Eronning Qatardagi AQSh bazasiga hujumini qoralagan Vadefulga ko‘ra, Tehronning bu qadami 22 iyunga o‘tar kechasi Eron yadro inshootlariga hujum qilgan AQSh harakatlariga «javob» bo‘ldi. Shu bilan birga, vazir AQSh prezidenti Donald Tramp, uning fikricha, Eron hujumiga shu qadar ehtiyotkorlik bilan javob berganidan xursand bo‘lgan: «Shunday qilib, keyingi eskalatsiya yuz bermaydigandek tuyulyapti».

Shu bilan birga, Germaniya tashqi ishlar vazirligi rahbari hozirda AQSh va Eronning muzokara stoliga o‘tirishi uchun «juda katta imkoniyat bor»ligini aytdi.

AQShning Eron yadro inshootlariga zarbalariga to‘xtalib, Yoxann Vadeful xalqaro huquq nuqtayi nazaridan ularga yakuniy baho berishdan bosh tortdi va bu masala bo‘yicha AQSh va Isroilda mavjud bo‘lgan barcha ma’lumotlarga ega emasligini asoslab berdi. Avvalroq Fransiya prezidenti Emmanuel Makron ushbu operatsiyani amalga oshirish uchun zarur huquqiy asos yo‘qligini aytgan edi, deb eslatadi dpa.

London Qirollik kollejining mudofaa masalalari bo‘yicha mutaxassisi Marina Miron DW nashriga bergan intervyusida Eronning Qatardagi AQSh harbiy bazasiga hujumini «namoyishkorona» deb atadi, chunki uning fikricha, Al-Udeyd bazasi Amerikaning Yaqin Sharqdagi ta’sir doirasining dastagidir.

Shu bilan birga, ekspert Eron o‘zining qurol-yarog‘ omborlari yo‘q qilingani haqidagi xabarlarga qaramay, qisqa va o‘rta masofaga uchuvchi raketalar yordamida ushbu operatsiyani qanday tezlikda amalga oshira olganiga e’tibor qaratdi.

U Eron o‘z hududida joylashgan AQSh bazasiga hujum qilgandan keyin Qatarning Erondagi nishonlarga zarba berish ehtimolini past deb baholadi.

Mavzuga oid