Jahon | 07:24
1104
2 daqiqa o‘qiladi

BMT bosh kotibi Eron va Isroilni otashkesimga rioya qilishga chaqirdi

Antoniu Guterrish mintaqadagi boshqa qaynoq nuqtalarda o‘t ochish to‘xtatilishiga umid bildirdi.

Foto: TASS/Zuma

BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish Eron va Isroilni o‘t ochishni to‘xtatish rejimiga qat’iy rioya qilishga chaqirdi va Yaqin Sharqdagi boshqa mojaro hududlarida o‘t ochishni to‘xtatish kelishuviga erishilishiga umid bildirdi.

BMT rahbari X ijtimoiy tarmog‘ida bayonot bilab chiqib, Eron va Isroil o‘rtasidagi kelishuvga izoh berdi.

Guterrish AQSh prezidenti Donald Trampning Tehron va Tel-Aviv o‘rtasida erishilgan o‘t ochishni to‘xtatish haqidagi bayonotini olqishlaganini ta’kidlab, qurolli to‘qnashuvning bundan buyon davom etishini qabul qilib bo‘lmasligini ta’kidladi.

«Ikkala tomonni o‘t ochishni to‘xtatish shartlariga qat’iy rioya qilishga chaqiraman va bu mintaqadagi boshqa mojarolarda o‘t ochishni to‘xtatishning boshlanishini anglatadi, deb umid qilaman», — dedi BMT bosh kotibi.

U, shuningdek, har ikki mamlakat xalqi haddan tashqari azob chekkanini eslatdi.

Mavzuga oid