Shimoliy vokzal oldidagi yerosti tunnelida Gentra yonib ketdi
Toshkent shahrining Yashnobod tumanida Gentra avtomobilida yong‘in sodir bo‘ldi.

Foto: FVB
26 iyun kuni soat 11:29 da Toshkent shahar Yashnobod tumani, Shimoliy vokzal oldidagi yerosti tunnelida avtomobil yonayotgani to‘g‘risida Toshkent shahar FVBga xabar tushgan.
Shunga ko‘ra, yong‘in-qutqaruv texnikalari aytilgan manzilga soat 11:37 da yetib borib, yong‘in soat 11:40 da o‘chirildi.
Aytilgan manzilda Gentra rusumli avtomobil yonib zararlangan. Yong‘in oqibatida jabrlanganlar yo‘q.
Hozirda yong‘in sababi aniqlanmoqda.