Toshkentda yana bir avtobusda yong‘in chiqdi
84-sonli yo‘nalishda xizmat ko‘rsatadigan, davlat raqami 01 562 PCA bo‘lgan avtobusda harakat vaqtida yong‘in chiqqan. Holat Choshtepa metro bekati yaqinida sodir bo‘lgan.

Foto: Videodan kadr
Kun.uz'ga yuborilgan murojaatda Toshkent shahrida yaroqsizga chiqarigan avtobuslar ta’mirlanib, ayni shu yo‘nalishga chiqarilgani ta’kidlangan.
Murojaatchi yo‘nalishdagi avtobuslar kamchiliklari haqida “tashbus.uz” saytida bir necha yozib qoldirgani, biroq javob berilmganini qayd etdi.
Ta’kidlash joiz, Toshkentda avtobuslarning yonib ketishi yangilik emas. Xususan, 2024 yilning 26 fevralida 174-sonli hamda 33-sonli yo‘nalishda harakatlanadigan Mercedes-Benz avtobuslari yonib ketgandi.
Mavzuga oid

23:04 / 27.06.2025
Toshkent metrosida yosh bola poyezd yo‘liga tushib ketgani rad etildi

20:26 / 27.06.2025
Toshkentda Telegram orqali narkotik moddalar sotib kelgan 5 kishi qo‘lga olindi

20:03 / 27.06.2025
Toshkentda daraxtlarning raqamli reyestrini yaratish boshlandi

14:43 / 27.06.2025